Sardor aytadi...
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu oʻyinda davradagi yoshi kattaroq odam yoki bolalardan biri yetakchilikni oʻz qoʻliga olishi mumkin. U qolgan ishtirokchilarga yuzlangan holda buyruqlarni oʻz ismi bilan boshlab, baland ovozda aytadi, masalan, “Sardor aytadi, bir oyoqda sakra”, “Sardor aytadi, boshingni qimirlat”, “Sardor aytadi, tilingni chiqar” va shu kabilar. “Sardor aytadi” degan jumla bilan boshlanadigan buyruqlar bajarilishi shart. “Sardor aytadi” degan jumla bilan boshlanmaydiganlari esa bajarilmasligi kerak. “Sardor aytadi” degan jumla bilan boshlanmagan buyruqni bajargan ishtirokchi oʻyindan chiqib ketadi, hatto buyruqni toʻliq bajarmay, harakatga kelgan boʻlsa ham. Qanchalik gʻalati boʻlmasin, “Sardor aytadi” degan jumla bilan boshlanadigan buyruqlarni bajarmagan ishtirokchi ham oʻyindan chetlatiladi.
Oʻyinda qolgan oxirgi ishtirokchi gʻolib boʻladi va u Sardor unga yeta olish-olmasligini sinash uchun bilan tezkor raund oʻtkazishi mumkin. Agar Sardor ustun kelsa, u “Qudratli Sardor”ga aylanadi!
Bu oʻyinda hamma ishtirokchilar buyruqlarni bajaradi, Sardor esa ularni chalgʻitishga harakat qiladi. Masalan, siz, “Sardor aytadi, oʻngga qara, Sardor aytadi, chapga qara, oʻngga qara”, deganingizda, bolalar oxirgi buyruqni bajarishlari kerak emas, chunki u, “Sardor aytadi” degan jumla bilan boshlanmadi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot juda qiziqarli boʻlishi bilan birga ishtirokchiga yaxshi jismoniy yuklama ham beradi. Bolalar qaysi buyruqlarni bajarish kerakligini aniqlashga harakat qilib, doim sergak turadi. Oʻyin xursandchilik va kulgi bilan oʻtadi. Sardor tutib olganda ham quvnoq kayfiyat tark etmaydi!