Seboreyali qasmoqdan qanday qutulish mumkin?

Seboreyali qasmoq bolalardagi odatiy holdir. Uning paydo boʻlishi normal hisoblanadi va uni oson yoʻqotish mumkin.
Body

Seboreyali qasmoq bu – juda koʻp yogʻ ishlab chiqara boshlaydigan yogʻ bezlarining haddan tashqari faolligi natijasidir. Baʼzida uning paydo boʻlishiga bosh terisining gigiyena vositalariga yuqori sezuvchanligi sabab boʻladi, masalan, chaqaloqning sochlari qalinligi yoki ota-onalar liqildoqni shikastlashdan qoʻrqib bolaning boshini juda ehtiyotkorlik bilan yuvishlari natijasida gigiyena vositalari yetarlicha yuvib tashlanmaganda shunday holat kuzatiladi. Choʻmiltirishdan ikki-uch soat oldin boshning qasmoqlari bor joyiga bolalar yogʻini surtib, ularni tozalab tashlang. Ular yumshaganda choʻtka yoki taroq bilan ehtiyotkorlik bilan tarab, olib tashlashga harakat qiling. Choʻmiltirish paytida qasmoq bor joyni yumshoq sochiq bilan ohista artib oling. Choʻmiltirish, sochlarni yuvish va yaxshilab chayishdan keyin bolaning boshini quruq sochiq bilan yaxshilab artish kerak. Bolaning sochlarini choʻtka bilan turli tomonga tarang, chunki bu boshning tukli qismini massaj qiladi, qon aylanishini tezlashtiradi, sochlarning oziqlanishi va yogʻ bezlarining faoliyatini yaxshilaydi. Seboreyali qasmoq butunlay yoʻqolib ketmaguncha muolajani keyingi choʻmiltirishlarda takrorlang. Hozirgi vaqtda seboreyali qasmoq paydo boʻlgan holatda chaqaloqning bosh terisini parvarish qilish uchun moʻljallangan shampun va koʻpiklar mavjud.