Sehrli kastryulka

Kerak boʻladigan materiallar: kastryulkalar yoki qozon; qoʻgʻirchoq yoki kichikroq oʻyinchoq; ikkita yumshoq adyol.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu oʻyin uchun siz ichiga qoʻgʻirchoq solingan qozonni yoki kastryulkani yerga agʻdarib qoʻyishingiz kerak. Kastryulkalar yoniga adyol yozing va ustiga oʻtiring. Endi bolaga ayting: “Bir, ikki, uch, qidirishni boshladik!” Qoʻgʻirchoqni koʻrsatish uchun kastryulka yoki qozonni koʻtaring. Keyin qoʻgʻirchoqni yana yashiring va unga kastryulka yoki qozonni koʻtarishga yordam bering. Navbatdagi bosqichda kichkintoyingiz kastryulkalarni agʻdarishi kerak. Unga idishni qanday koʻtarishni oʻrgating va buni oʻzi sinab koʻrishiga ruxsat bering.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot bolangizga mantiqiy fikrlashga va qoʻl harakatlari muvofiqligini rivojlantirishga yordam beradi.