Sen uni olishga qodirsan
Kerak boʻladigan materiallar: yumshoq, rangli oʻyinchoq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: dastlab farzandingiz shugʻullanadigan yumshoq yuzada uni chalgʻitadigan buyumlar yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Soʻng uni qorni bilan yotqizing va oʻzingiz pastki tomonida choʻkka tushib oʻtiring.
Kichkintoyingiz oldiga yumshoq, yorqin rangli oʻyinchoq qoʻying va nigohini oʻyinchoqqa qaratishi uchun eʼtiborini torting. Uning eʼtiborini jalb qilish uchun oʻyinchoqni biroz harakatlantirishingiz mumkin.
Farzandingiz buyumga yetishga harakat qilib, boshini harakatlantiradi va qoʻllarini choʻzadi. Agar u juda kichkina boʻlsa, ehtimol faqat boshini va qoʻllarini qimirlatishga urinishi mumkin.
Ushbu mashqni ertalab va tushdan keyin takrorlang. Bir necha haftadan soʻng mashqlarni qiyinlashtirishingiz mumkin. Kichkintoyingiz oʻyinchoqqa yetib borish uchun boshini harakatlantirayotgan va qoʻllarini choʻzayotganda koʻproq choʻzilishi uchun oyoqlarini ehtiyotkorlik bilan ushlab turishingiz mumkin.
Farzandingiz juda nozik ekanini, unga zarar yetkazib qoʻymaslik uchun ehtiyotkor boʻlishingiz zarurligini unutmang. Farzandingiz charchaganini sezsangiz, oʻyinni toʻxtating.
Mushak tonusi va kuch mashqlari miyaning rivojlanishiga, farzandingiz harakatlarini boshqarishiga yordam beradi. Rangli buyumlardan foydalanib farzandingizning koʻrish qobiliyatini kuchaytirasiz...
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu oson mashq yordamida farzandingiz mushaklar tonusini kuchaytirishiga yordam berasiz, bu esa keyinchalik uning oʻtirishi, emaklashi va yurishini osonlashtiradi. Yirik motorikani rivojlantirish farzandingizning harakatlanishi va dunyoni tez anglashiga yordam beradi.