Seni yaxshi koʻraman, kichkintoyim
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyin chaqalogʻingizni qoʻlingizda ushlab tebratib, bir vaqtning oʻzida “Seni yaxshi koʻraman, kichkintoyim” soʻzlarini aytishdan iborat. Keyin uning tana qismini oʻping: bosh, burun, oyoq barmoqlari.
Siz chaqalogʻingizni qanchalik koʻp quchoqlab, erkalab, qoʻlingizda koʻtarsangiz, u katta boʻlganida shunchalik oʻziga ishonchi baland va mustaqil boʻlib yetishadi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: esingizda boʻlsin, chaqalogʻingiz bilan muloqotni davom ettirish har doim muhim, chunki qoʻllaringizning tegishi ota-ona va bola muloqotining birinchi bosqichidir.