Shajara daraxtini chizing

Kerak boʻladigan materiallar: qogʻoz, qalam, ruchka, chizgʻich, qaychi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolalar oʻz shajarasini bilishi kerak, shuning uchun ularga qogʻozning pastki qismi oʻrtasiga oʻzini, yoniga esa aka-ukalarini va opa-singillarini (agar bor boʻlsa) chizishni taklif qiling. Birinchi qadam – ota-onangizni ikkala tomoningizda tasvirlash. Har bir yozuvga tugʻilgan kun va joy kabi faktlarni kiritishingiz yoki shunchaki ismlardan foydalanishingiz va rasmni oʻxshatib chizishga koʻproq eʼtibor qaratishingiz mumkin. Oraliq masofalarni aniq belgilab olguningizcha hamma narsani qalam bilan chizing, keyin shajara daraxtini boʻyoq yoki rangli qalam bilan boʻyang, rasmlar orasida chiziq yoki strelka oʻtkazish uchun chizgʻich ham kerak boʻlishi mumkin. Ishga ijodiy yondashib, qaychi yordamida oila aʼzolaringiz rasmlarini qirqib, daraxtga barg sifatida qoʻshsangiz ham boʻladi.

Kichikroq bolalar uchun oddiyroq jadval tuzing. Ularning ota-onalarining ikkala tomoniga bobo va buvisini, keyin esa katta bobo va buvilarini joylashtiring.

Barcha oilalar murakkab va xilma-xil, shuning uchun daraxtni qarindoshlarning soniga  moslab chizing, ijodiy yondashing va noyob oila tarixingizni muhokama qilib, chiroyli bezaklarni oʻylab toping.

Bolalar qogʻozni boʻyashi, soʻng shajara daraxtiga detallar qoʻshishi mumkin!

Bilasizmi, familiyangiz sizga ota-bobolaringiz nima bilan shugʻullanganini aytib berishi mumkin? Misol uchun, “Poʻlatov” – temirchi, metall bilan ishlaydigan odam maʼnosini anglatadi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: shajara daraxtini yaratish davomida bolalar oʻz nasl-nasabi haqida oʻrganadi. Bu bolalar uchun oʻzining oilasi tarixini biladigan yoshi kattaroq qarindoshi bilan vaqt oʻtkazish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu faoliyat ijodkorlikka undaydi va bolalarga oilalar har xil (katta va kichik) boʻlishini oʻrgatadi. Kim biladi, balki, siz ham oʻzingiz uchun yangi narsalarni bilib olarsiz!

Ushbu taktil mashgʻulot barcha yoshdagi bolalar uchun juda koʻp afzalliklarga ega! Kichkina bolalar mayda motorika koʻnikmalarini rivojlantiradi, ranglarni tanib oladi va ularni aralashtirish orqali turli xil ranglarni hosil qilishni tushunadi. Katta yoshli bolalar ijodiy detallarga koʻproq eʼtibor berishi va badiiy uslublarini rivojlantirishi mumkin.