Shilliqqurt makoni

Kerak boʻladigan materiallar: boʻr.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu oʻyin uchun bolalarga beton yoki asfalt qoplamali oʻyin maydonchasi kerak boʻladi. Boʻr bilan yerda shilliqqurt chigʻanogʻiga oʻxshash katta spiralsimon chizma chizing. Uning markazini yulduzcha bilan belgilang, bu “uy” boʻladi, spiralning qolgan qismlarini esa mayda chiziqlar bilan oraliqlarga / kataklarga boʻlib chiqing. Keyin esa bolalar navbatma-navbat oʻyinni oʻynashlari mumkin. Bolalar spiralning tashqi chekkasidan boshlab, chiziqlarga tegmasdan, bir oyoqlab oraliqlar ichida sakrashadi. “Uy”ga yetib kelgach oʻgirilishadi va yana shu spiral boʻylab orqaga qaytishadi. Birorta katakda toʻxtamay borib kelgan ishtirokchi istalgan katakka ismining birinchi harfini yozishi mumkin. Keyin navbat boshqa ishtirokchiga tegadi, lekin u harfli kataklardan sakrab oʻtishi kerak boʻladi. Har bir katakda bittadan harf paydo boʻlmaguncha oʻyin davom etadi. Ismining harflari kataklarga eng koʻp yozilgan ishtirokchi gʻolib hisoblanadi!

Qiziqarli maʼlumot: shilliqqurtlar umrining oxirigacha bitta chigʻonoqda yashaydi, shilliqqurt kattargani sayin chigʻanogʻi ham kattalashadi!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: shilliqqurt makoni – quvnoq ijtimoiy oʻyin, u bolalarga sakrash va hatlab oʻtish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi! Oʻyin davomida ularning muvozanati va harakatlarining muvofiqligi sinovdan oʻtkaziladi, shuningdek, bolalar ochiq havoda koʻplab jismoniy mashqlarni ham bajaradi!