Shisha idishdagi oʻrmon

Kerak boʻladigan materiallar: katta shisha idish.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oddiy, toza shisha idish olib (2 litrligini tavsiya qilamiz), tabiat qoʻyniga boring! Mahalliy xiyobon yoki oʻrmonni tadqiq qilish qiziqarli mashgʻulot boʻlsa-da, bolalar shisha idishda ham oʻrmon yaratishi mumkin.

Shisha idishga joylashtirsa boʻladigan turli elementlarni qidirib topish uchun bolalarni tashqariga chiqaring. Ular qanday tabiiy materiallar topishi mumkin? Olsa boʻladigan narsalar – barglar, shoxlar, oʻtlar, mayda toshlar, tuproq, gullar, daraxt poʻstloqlari va mox.

Shu bilan birga, bolalarga shisha idishni oʻrmonning hamma qatlamini ifoda etadigan qilib toʻldirishni taklif qilishingiz mumkin. Tuproq qatlamidan boshlang, keyin esa oʻt-oʻlanlar va mayda toshlarni, undan soʻng daraxt poʻstloqlari, shoxchalar, barglar va gullarni qoʻshing.

Bu ishni bajarib boʻlgach, bolalar shisha idishdagi oʻrmonlarini uyiga olib ketishi mumkin. Shisha idish ichidagi narsalar hali yangi boʻlsa-da, u bola yotoqxonasi uchun ajoyib tabiiy bezak boʻlishi mumkin.

Shisha idish uchun yigʻayotgan tabiiy narsalaringiz ustida hasharotlar yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Oʻrmon – koʻplab jonli mavjudotlar uchun boshpanadir!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday mashgʻulot bolalarni tabiatga qiziqtirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tabiiy materiallarni toʻplash va oʻrganish ularning his-tuygʻularini ragʻbatlantiradi, atrofdagi dunyoni tushunish va qadrlashga yordam beradi.