Shovqinli oʻyin
Kerak boʻladigan materiallar: yogʻoch quti, chelak yoki kosacha, turli oʻlchamdagi buyumlar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotni boshlashdan oldin siz tayyorlagan joy qulay va bola uchun xavfsiz ekaniga ishonch hosil qiling. Bolani kreslo, gilamcha yoki polga toʻshalgan yumshoq adyol ustiga oʻtqizing.
Dastlab kichkintoyingizga buyumlarni koʻrsating va ular bilan tanishishiga imkon bering, keyin esa bu buyumlarni yogʻoch quti, chelak yoki kosachaga otib koʻrsating. Buyum idishga tushganda “taq” deng va bolangiz ham bu harakatni takrorlasin.
Buyum idishdan chiqib ketsa, hayratlanganday biror ovoz chiqarishingiz mumkin va kichkintoy xatoga yoʻl qoʻyganda, unga dalda bering.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot orqali kichkintoyingizning koʻrish qobiliyati va motorikasi muvofiqligini rivojlantirishga yordam berasiz, shu bilan birga, u buyumlarni olib, idishga solayotganda turli narsalarni tanib oladi.