Sil kasalligiga qarshi BCG vaksinasidan keyin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar

Sil kasalligidan himoya qilish uchun tugʻruqxonadan chiqishdan oldin bolangizga BCG emlashi qilindi.
Body

Boshqa vaksinalarda boʻlgani kabi ushbu BCG vaksinasini olgandan keyin ham nojoʻya taʼsirlar uchrashi mumkin.

Uchrashi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar:

  • uzoq vaqtda bitadigan va katta chandiq iz qoldiradigan yara paydo boʻlishi bilan kechuvchi mahalliy reaksiya;
  • kuchli mahalliy nojoʻya taʼsirlar va chap qoʻltiq osti limfa bezlarining yalligʻlanishi, qoʻshimcha chandiq qolishi yoki teri ostida toʻplanib qolgan kalsiy hisobiga shish paydo boʻlishi;
  • toshma, qichishish, eshakyemi kabi allergik holatlar yuzaga kelishi mumkin. Holsizlik, terining oqarishi va nafas olishning qiyinlashishi, qon bosimining pasayishi (anafilaktik reaksiya) kabi holatlar juda kam uchraydi;
  • emlashdan soʻng suyak va boʻgʻimlarning yalligʻlanishi kamdan kam kuzatiladi.

BCG dan soʻng nojoʻya taʼsirlarni davolash boʻyicha yagona tavsiyalar mavjud emas. Koʻpincha jarayon nazoratga olinadi va kuzatiladi, nojoʻya taʼsirlar esa oʻz-oʻzidan asoratsiz yoʻqoladi. Baʼzi kam holatlarda jarrohlik amaliyoti bajariladi.

Emlashdan keyingi uzoq vaqtdan soʻng paydo boʻladigan asoratlarni davolash kerak.