Simli telefonlar

Kerak boʻladigan materiallar: qogʻoz stakanlar, iplar

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: qalam yoki ignadan foydalanib har bir qogʻoz stakanning pastki qismini teshing. Keyin esa 10-15 metr uzunlikdagi ipni (10–15 m atrofida) har bir stakandan oʻtkazib, uchini tugib qoʻying. Mana, bizning simli telefonimiz tayyor!

Endi uni tekshirish vaqti keldi! Ikkita bola bittadan stakan olib, ip tarang tortilishi uchun ikki yonga tursin. Soʻng bitta bola stakaniga gapirsin, ikkinchisi esa stakanini qulogʻiga tutsin. Ular nimadir eshityaptimi? Ikkala bola ham galma-galdan gaplashayotganiga, oʻzlarini simli telefonda gaplashayotganday his qilayotganiga ishonch hosil qiling.

Bolalarga tushuntiring: ular simli telefonda gaplashayotganda stakanlarni titratuvchi tovush toʻlqinlarini yuboradi. Bunday tebranishlar ip orqali narigi stakanga oʻtib, oʻsha yerda yana tovush toʻlqinlariga aylanadi, shuning uchun bolalar bir-birini eshitadi!

Aleksandr Grem Bell ismli odam 1876-yilda birinchi boʻlib telefonni ixtiro qildi. Uning telefon orqali aytgan birinchi soʻzlari shunday boʻlgan: “Vatson, yonimga kel, sen menga keraksan!”

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday amaliy mashgʻulot – bolalarning tovushlar haqidagi bilimlarini oshirishning qiziqarli usulidir. Bolalar “tovush toʻlqinlari” tushunchasi haqida bilib oladi va amaliyotda bir nechtagina buyumlar yordamida tovushni siljitishni oʻrganadi!