Sirli toʻp

Kerak boʻladigan materiallar: matodan yasalgan toʻp (iloji boricha), ikkita yumshoq adyol.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashqni boshlash uchun ikkita adyolni pol yoki boshqa biror tekislikka toʻshang. Kichkintoyni oʻtqizing va xavfsiz masofada uning yoniga oʻtiring.

Bolangizga toʻpni qanday ushlashni koʻrsating, keyin sekinlik bilan toʻpni oʻzingiz tomonga dumalating. Kichkintoyingizga toʻpni siz tomon dumalatishini ayting. Bola toʻpni harakatlantirib, uni kuzatish orqali oʻzining motorikasi va koʻz orqali idrok qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashq bolangizga mushaklarni mustahkamlashga, koʻrish qobiliyati va motorikani muvofiqlashtirishga, vizual idrokni kuchaytirishga yordam beradi, chunki bolangiz oʻtirgan holatda toʻpni dumalatib, muvozanatni saqlashga muvaffaq boʻladi.