Soatlar oʻyini
Kerak boʻladigan materiallar: yumshoq adyol yoki sochiq, har xil oʻlchamdagi oʻyinchoqlar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu mashgʻulotni boshlashdan oldin oʻyin uchun qulay muhit yarating.
Polga adyol yoki sochiq toʻshab, uning atrofiga oʻyinchoqlarni terib chiqing. Toʻshamaning markaziga kichkinoyni qorni bilan yotqizing va aylanadagi har bir oʻyinchoqni oʻrganib chiqishiga imkon bering.
Zarur boʻlganda bolakayga emaklashga yordam berishingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot bolangizga oʻzining atrofidagi narsalarni kuzatish va tanib olish imkonini beradi.