Soya qoʻgʻirchoqlari
Kerak boʻladigan materiallar: lampa / yoritkich.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotni boshlash uchun bir nechta harakatlarni bajaring:
1. Yorqin rangli devor toping, agar topilmasa, devorga choyshab iling. Oldiga lampa qoʻying yoki unga yoritkichni qarating.
2. Qoʻllaringizni lampa va devor oʻrtasiga olib keling va ular devorga qanaqa soya tashlashini koʻring. Masofadan foydalanib yirik va mitti qoʻllarni yarata olasizmi? Barmoqlarni birlashtirib kapalak hosil qiling.
3. Shakllar bilan tajriba oʻtkazing. Barmoqlar / qoʻllar orasidagi boʻshliqlar soyalar orasida oq boʻshliq paydo qiladi. Quyidagi istalgan shakllarni yasay olasizmi: kapalak, sigir, kiyik, kuchuk, eshak va oʻrdak?
Soyalar oʻyini va kino oʻrtasida koʻp oʻxshashliklar bor, chunki ikkalasida ham tasvirni ekranga olib chiqish uchun chiroqdan foyalaniladi. Soya qoʻgʻirchoqlari ishtirokidagi hikoyaga kinematografik tus berish uchun ovozingiz, musiqa yoki ranglarni qoʻllab koʻring.
Soya qoʻgʻirchoqlariga antiqa ovoz berib, ularni urishtiring va zavqlaning.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: oʻz qoʻllaringiz bilan soya qahramonlarini yaratayotganingizda, tasavvur uygʻonadi. Bu mashgʻulot bolalarga soyalar va yorugʻlik yoʻnalishini oʻrgatadi. Qahramonlaringizni harakat bilan jonlantiring va hikoya aytib bering.