Stulda nima bor?

Kerak boʻladigan materiallar: uyingizdagi divan yoki mustahkam stul; farzandingizga yoqadigan oʻyinchoq yoki boshqa qiziqarli buyumlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda koʻp bolalarga oyoqda tik turish qiziq tuyula boshlaydi. Siz farzandingizni yerdan divan yoki stulni ushlagancha tik turishga harakat qilayotganini koʻrishingiz mumkin. U bu buyumlar atrofida mustaqil yurishga harakat qiladi! Siz uning bu harakatini ragʻbatlantirishingiz mumkin (bunga zarurat boʻlmasa ham, siz va farzandingiz xursand boʻlishi uchun). Shunchaki stulga qiziqarli buyumni qoʻying, uni farzandingizga koʻrsating va u turishga yoki mebelni ushlab, buyumning oldiga borishga harakat qilish-qilmasligini kuzating. Farzandingizning harakatlanish qobiliyati rivojlanishiga qarab buyumni uzoqroq yoki yaqinroqqa qoʻyishingiz mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu tajribalar farzandingizning tik turish va oxir-oqibat mustaqil yurish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Uning oʻziga boʻlgan ishonchi va his-hayajoni sizning daldangiz va jarayonga qiziqishingiz bilan birga oʻsadi. Ushbu ilk atak-chechak qadamlari davomida bolaning yonida boʻlishni unutmang!