Suhbat

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ushbu oddiy mashgʻulot orqali kichkintoyingizga soʻz boyligini, muloqot va til koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam bering.

Buning uchun kichkintoyingizni qoʻlingizga olib, xona, uy yoki bogʻda sayr qiling. Yoʻlda yoki uyda koʻrgan narsalaringiz haqida unga gapiring. Agar u toʻpni koʻrib qolsa, “Toʻpga qara. Biz toʻpni oʻynashimiz mumkin!” yoki “Bu – it. Uning oti Qoplon” deb ayting.

Kichkintoyingiz hushyor ekan, bu harakatni kunda takrorlashingiz mumkin. Mashqni uning charchaganini sezguningizcha davom ettiring.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: soʻz boyligini oshirish kelajakda oʻqish ko‘nikmalarini   rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega va chaqaloqlar bilan suhbatlashish ularga soʻz boyligi, muloqot, til va oʻqish koʻnikmalarini tezroq rivojlantirish imkonini beradi.