Sutning kech kelishi – kechikkan laktatsiya
Sut bola tugʻilgandan keyin keladi
Bola tugʻilganda koʻkragingizda allaqachon ogʻiz suti boʻladi; baʼzida siz buni bilmaysiz, chunki sut oqmaydi. Odatda sut miqdori tugʻilgandan 30–40 soat oʻtgach, ortadi. Sut ishlab chiqarishning boshlanish vaqti har bir ona uchun har xil. Sut ishlab chiqarish odatda bola tugʻilgandan 2–3 kun oʻtgach, boshlanadi, lekin 25% onalarda bu uchinchi kundan keyin sodir boʻladi. Asosiy shart bu – koʻkrakni ragʻbatlantirish, yaʼni emizishni erta boshlash. Tugʻilgandan keyingi birinchi kun davomida 10–50 ml sut ishlab chiqariladi; keyingi kunlarda miqdor oshadi va ogʻiz suti yetuk sutga oʻzgaradi.
Emizish jarayoninng ikkita asosiy gormonlari – prolaktin va oksitotsin
Bolaning emishi vaqtida soʻrgʻich uchida paydo boʻlgan impulslar gormonlar hosil boʻlishining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
Prolaktin emizish vaqtida ajralib chiqadi va keyingi emizish uchun sut hosil boʻlishini taʼminlaydi. Prolaktin koʻproq kechasi ajralib chiqadi, shuning uchun dastlabki kunlarda tunda emizish ayniqsa muhimdir. Oksitotsin emizishdan oldin va emizish vaqtida sutning koʻkrakdan chiqishini taʼminlaaydi (sut chiqarish refleksi). Bu bachadon qisqarishiga olib keladi va shu bilan tugʻuruqdan keyingi qon ketish va infeksiya xavfini kamaytiradi. Bachadon qisqarishi ogʻriqlar bilan oʻtadi. Bu emizish paytida, ayniqsa, koʻp bolali ayollarda juda ogʻriqli boʻlishi mumkin.
Talab va taklif tartibi
Sut ishlab chiqarishning dastlabki gormonal bosqichidan soʻng, sut hosil boʻlishining keyingi bosqichini tartibga solish asosan talab va taklif tamoyiliga asoslanadi va mahalliy darajada amalga oshiriladi. Bolani samarali emizish va koʻkrakni boʻshatish muhim ahamiyatga ega. Sutni samarali emizmaslik va koʻkrakni boʻshatmaslik oqibatida sut ishlab chiqarish kamayadi. Bu tamoyil tufayli koʻkragi juda kichik (koʻkrak bezlari toʻqimasining ozligi) boʻlgan ayollar tez-tez emizish orqali bolasini yetarlicha sut bilan taʼminlashi mumkin. Egizaklarni emizishda ham jarayon xuddi shunday kechadi.
Sut kelayotganini qanday aniqlash mumkin?
Koʻkrak toʻlaligi, ogʻirlik hissi, isitma, sanchiqqa oʻxshash ogʻriq, sut oqishi sut “kelganini” koʻrsatadi. Sut kelgani belgilarini bilib olishingiz uchun bir necha kun kerak boʻladi. Oʻzingizda toʻsatdan sodir boʻlayotgan oʻzgarishlardan qoʻrqishingiz mumkin. Agar koʻkraklaringizni boʻshatib qoʻysangiz, sut rangning asta-sekin oʻzgarishini sezasiz, bunda qoʻyiq va sariq ogʻiz suti suyuq va oqroq rangdagi yetuk sutga oʻzgaradi.
Sutning keyinroq kelishi – kechiktirilgan laktatsiya
Sut “kechikishi”ning eng koʻp uchraydigan sabablari:
- Birunchi marta tuqqan ayollarda bir necha marta tuqqan ayollarga qaraganda oʻrtacha bir kun kechroq keladi.
- Tugʻish jarayonining choʻzilishi, asabiylashish va ogʻriq, rejalashtirilmagan kesar kesish.
- Tugʻish paytida koʻp qon yoʻqotish yoki qon yoʻldosh toʻqimasida chiqishining kechikishi.
- Emizishning kech boshlanishi.
- Muddatidan oldingi tugʻuruqlar.
- Onaning semirish, qandli diabet, yuqori qon bosimi kabi kasalliklari.
- Zararli odatlar – chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish.
- Koʻkrakda oʻtkazilgan operatsiyalar.
- Koʻkrak soʻrgʻichi muammolari: tekis yoki choʻzilgan soʻrgʻichlar, pirsing.
Agar 4 kun davomida sut boʻlmasa, nima qilish kerak:
- Koʻkrak muntazam va toʻliq boʻshatilishi kerak. “Teriga teri” kontakti sut ishlab chiqarishni koʻpaytirishga yordam beradi.
- Yangi tugʻilgan chaqaloqning yetarli miqdorda sut olayotganini nazorat qilish uchun uning vaznini har kuni oʻlchash kerak.
- Tugʻuruqxonadan chiqish paytida qoʻshimcha ovqatlantirish boʻyicha tavsiyalar olasiz va bolaning sogʻlom oʻsishi boʻyicha nazoratda boʻlasiz.
- Farzandingizni har kuni tarozida oʻlchash, ayniqsa, uy sharoitda foydali emas. Bu sizni faqat chalkashtirib yuborishi mumkin va baʼzan u hatto xavfsiz emas! Bolani emizishdan oldin va keyin tortish, ovqatlanish vaqtida olingan sut miqdorini hisoblash tavsiya etilmaydi. Koʻkrak suti bilan boqish muddati, ayniqsa, boshida farq qiladi; baʼzida chaqaloq faqat bitta koʻkrakni, baʼzida ikkalasini ham emadi, shuning uchun faqat emizish ovqatlanish samaradorligi haqida haqiqiy tasavvurni bermaydi.
Agar chaqalogʻingizga qoʻshimcha ovqat kerak boʻlsa, uni emizish jarayoniga xalaqit bermaydigan tarzda va miqdorda bering. Agar boshida bu qiyinchilik tugʻdirsa, esda tuting, koʻplab onalar sut ishlab chiqarishni chaqaloq uchun zarur boʻlgan toʻliq miqdorda asta-sekinlik bilan, bir-ikki hafta ichida, baʼzilari esa bir necha haftadan soʻng oshirishga muvaffaq boʻladi.