Tabiatni hisoblash

Kerak bo’ladigan vositalar: Qog’oz qistiriluvchi planshet, qog’oz, qalam.

Ixtiyoriy qo'shimcha uskunalar: Lupa, durbin.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Farzandingizni / farzandlaringizni tabiat olamini tadqiq qilishlari uchun ko’chaga olib chiqing. Ular qanday o'simlik va hayvon turlarini ko'rishlari mumkin? Ularni daraxtlarning tepasidan tortib, to qoyalaru toshlarning ostigacha bo’lgan joylarni kuzatib, bu g’aroyib topilmalarini qog’ozga qayd etishlariga so’rang. Ular o’z topilmalarini turlicha qayd etishlari mumkin. Balki, ular o’zlari topgan o’simliklarini hisoblab, jadval tuzarlar? Yoki bo’lmasa ularga o’zlari uchratgan hayvonlar va hasharotlarning rasmini chizish, yoki belgilash yoqar? Yana bir qiziq variant - eslab qolish uchun o’yin: bolalarga ular uchratgan  turli hayvonlar, hasharotlar, o’simliklar va qushlarning nomini ro’yxatini tuzib, yodda saqlab qolishlarini taklif qiling va ular takrorlayaptilarmi yoki yo’qmi kuzating. Masalan: “Bugun men  beshta o’rdak, uchta kapalak, bitta qurbaqa, ikkita xonqizi...larni hisobini qildim” Eng muhimi, ular tevarak-atrofni o’rgana turib, bir olam zavq olishlaridir! 

Bir kvadrat mil bo'sh maydonda dunyodagi barcha odamlardan ko'ra ko'proq hasharotlar bor!

Farzandingiz nimani o'rganadi:  Farzandingizni tevarak-atrofda uchratishi mumkin bo’lgan  yovvoyi hayvonlarni sanab, nomini aytib, tadqiq qilishga ko’ndirishingiz uning hayvonlar va o’simliklarning turli - tumanligidan zavqlanib,yangicha hislardan bahramand bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu bolalarning lug’at boligini oshirish va hisoblash ko’nikmalarini yaxshilashning ajoyib usulidir!