Tabiiy sanʼat

Kerak boʻladigan materiallar: shoxchalar, barglar, gullarning qurigan boshchalari, daraxt poʻstloqlari, gullagan novda, qaragʻay gʻuddalari, mayda toshchalar kabi tabiiy narsalar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: qiziq tuyulgan va koʻringan tabiiy narsalarni topish uchun bola(lari)ngiz bilan bogʻga yoki uyingizga yaqin parkka boring. Shoxlar, barglar, gullarning qurigan boshchalari va daraxt poʻstlogʻi – tabiiy sanʼat uchun eng maʼqul elementlardir, lekin bolalarni patlar, gullagan novdalar, qaragʻay gʻuddalari, mayda toshchalar, poyalar va kashtanlar kabi boshqa narsalarni ham topishga undang. Ular yigʻilgan narsalarni oldilariga terib chiqsin va ulardan nimalar yasash mumkinligi toʻgʻrisida oʻylab koʻrsin. Haykal yasash uchun ularni yigʻib, bogʻlash yoki yorqin kollaj yaratish uchun ularni chiroyli qilib joylashtirish mumkin. Balki, bolangiz ularni 3D rasm yaratish yoki tabrik xatini bezash uchun uyiga olib ketmoqchidir. Tabiiy sanʼat haqida gap ketar ekan, bu borada imkoniyatlar cheksiz, eng asosiysi zavqlanish va ijodiy yondashuvdir!

Tabiiy sanʼatni yaratish uchun, ayniqsa, kuz fasli yaxshi – bolangizni rang-barang barglarni koʻzdan kechirib, toʻplashga va ulardan oʻz “asarida” foydalanishga undang.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: tevarak-atrofni oʻrganish bolalar uchun turli xil yangi tuygʻularni, kengliklardan, tabiat boyliklaridan zavqlanishni his qilishning ajoyib usuli hisoblanadi va ular toʻplash, tekshirish va sinab koʻrish uchun xilma-xil tabiat boyliklarini topadi! Tabiiy materiallarni izlash, ushlab koʻrish va ular bilan ishlash jarayonida bolangizning motorikasi mustahkamlanadi, ranglar, tuzilish va shakllarni taniy boshlaydi. Bu, shuningdek, ularning tasavvur va ijodkorlik qobiliyatini faollashtiradi. Asosiysi, sanʼat asarini yaratish ustida ishlash emas, shunchaki jarayondan zavq olish.