Taglik almashtirish toʻgʻrisida qoʻshiq
Kerak boʻladigan materiallar: bolani yoʻrgaklash uchun stol, taglik, bolalar kremi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: kichkintoy bilan muloqot qilishning eng chiroyli usullaridan biri qoʻshiqlardir. Chunki ular bola bilan yaxshiroq muloqot qilishga yordam beradi va oʻrtadagi mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlaydi.
Bolangizning tagligini almashtirish uchun zarur barcha narsalarni tayyorlang va stolda xavf tugʻdiradigan narsalar yoʻqligiga ishonch hosil qiling.
Kichkintoyingizni yoʻrgaklash uchun stol ustiga orqasi bilan yotqizib, taglik almashtirish jarayonini boshlang. Bu vaqtda bolalar qoʻshigʻini kuylang. Mana bunday qoʻshiq kuylashingiz mumkin:
Yangi taglik kiyamiz,
Bolajonim toza va mamnun.
Siz sheʼrlar oʻqish, kichkintoy bilan suhbatlashish yoki zavqli kuy xirgoyi qilish bilan mashgʻulotni yanada rang-barang qilishingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: kichkintoylarga qoʻshiq aytish ularni kattalar bilan oʻzaro yaqinlashtiradi. Bu mashgʻulot uning eshitish qobiliyati, nutqi va oʻzaro ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga yordam beradi.