Tasavvurdagi ovqatni tayyorlash
Kerak boʻladigan materiallar: faoliyat mavzusi (ovqat tayyorlash) shunchaki misol. Oʻyinga qarab materiallar har xil boʻlishi mumkin.
Sinmaydigan idishlar, stakan va qoshiqlar; farzandingiz pechka va muzlatgich sifatida ishlatishi mumkin boʻlgan narsalar (karton qutilar yoki stol boʻlishi mumkin); bolangiz kastryul yoki boshqa idish sifatida ishlatishi mumkin boʻlgan buyumlar (buyum bolangiz tasavvuridagiday boʻlishi shart emas, xavfsiz va kichik boʻlishi muhim).
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda farzandingiz tez-tez taqlid qiladi. Bu mashgʻulot bolangizni oʻyinni murakkablashtirishga va unga boshqalarni jalb qilishga undaydi. Bemalol vaqtda oʻyin uchun jihozlarni joylashtirib chiqing ( va ushbu misoldagi holatda): “Xohlasang, ovqat pishirish oʻynaymiz. Qara, mana bunday qilasan [va hokazo]. Endi nima qilishing kerak?. Tasavvurdagi taom haqida suhbatlashishni davom eting va oʻzingizni boshqa buyumlarni keltirayotganday tuting.
Shunda siz: “Men (yoki dadang yoki opang) yordamching boʻlaman. Yordam berish uchun nima qilishim kerak?” deb soʻrashingiz mumkin. Oilaning boshqa aʼzolari ham oʻzlarini goʻyo ovqatlanib oʻtirganday koʻrsatishlari mumkin.
Bu va boshqa ssenariylarni yana va yana takrorlasa boʻladi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandingiz qutini ovqat pishiradigan plita, kichkina toʻpchani tuxum deb tasavvur qilib, shunga ishonganida uning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi. Oʻyinga boshqalarning jalb qilinishi, ular xoh oila aʼzolari, xoh boshqa bolalar boʻlsin, farzandingizning ijtimoiy koʻnikmasini va hamkorlik qilish qobiliyatini mustahkamlaydi.