Tashqi olamga moslashing
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingiz bilan koʻchaga chiqing va qulay joy topib oʻtiring yoki yotib oling. Unga koʻzlarini yumib, shunchaki diqqat bilan tinglab oʻtirishni ayting, xuddi quloqlardagi ovoz balandligini koʻtarganday. Kichkintoyingizni boshqa hislarini ham “oʻchirib qoʻyishga” va atrofdagi tovushlarga diqqatini qaratishga undang (barglarning shitirlashi, qushlarning chugʻur-chugʻuri, olisdagi mashinalarning ovozlari, shamolning guvullashi). Ular nimalarni eshita oladi?
Katta mum kuyasining eshitish qobiliyati nihoyatda kuchli. Uning quloqlari odamnikiga qaraganda 150 barobar sezgirroq!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: tabiiy olamga moslashish uchun his-tuygʻularini qoʻllagan holda bolalar oʻzlari va atrofidagi narsalardan koʻproq xabardor boʻladi. Bundan tashqari, birpas toʻxtab, hozirgi lahzaga diqqatni jamlash ham tinchlantiradi, dam beradi va kuch bagʻishlaydi.