Tezkor xotira

Kerak boʻladigan materiallar: ruchka yoki qalam, qogʻoz.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: har bir ishtirokchi bir yoʻnalishda oʻgirilib, oʻz oldilarida koʻrayotgan oʻnta narsani tanlashga va ularni eslab qolishga harakat qilishi kerak.

Shundan soʻng ishtirokchilar shu narsalarga orqa oʻgirib, oʻzlari koʻrgan 10 ta narsani eslashi va qogʻozga yozishi kerak. Oʻgiriling va ishtirokchilarga har bir toʻgʻri javob uchun bir balldan bering. Oʻyinni davom ettirish uchun endi boshqa tomonga oʻgiriling!

Oʻnta buyumni eslay olmayapsizmi? Buni guruh mashgʻulotiga aylantiring, bir jamoa boʻlib ishlab, oʻnta buyumni birgalikda toping.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot – bolalaringiz va oʻzingizning qisqa muddatli xotirangizni yaxshilashning qiziqarli usulidir! Bolalar atrofdagi narsalarni tanlashi va qaramay turgan paytda ularni qanchalik yaxshi eslab qolishlarini koʻrish uchun kuzatish qobiliyatidan foydalanishi kerak. Omad!