Tishlash, chimchilash va sochni tortish

Asosiy fikrlar: kichkintoylar sabab va natijani topish uchun tishlashadi, chimchilashadi va sochdan tortishadi. Bolalar buni koʻpincha soʻzsiz his-tuygʻularini ifodalash uchun qilishadi. Bunday xatti-harakatlarga yoʻq deb javob bering, lekin xotirjam boʻling. Xulq-atvorga imkon qadar kamroq eʼtibor bering. Farzandingiz uchun bu xatti-harakatning sababini tushunishga harakat qiling. Bu kelgusida nima qilish kerakligini hal qilishda yordam berishi mumkin.
Body

Tishlash, chimchilash va sochni tortish: nega kichkintoylar bunday qilishadi?

Yosh bolalar tajriba va atrof-muhitni oʻrganish maqsadida tishlashi, chimchilashi va sochlaringizni tortishi mumkin.

6–12 oylik goʻdaklar nima boʻlayotganini tushunish uchun koʻp hollarda yuqoridagidek xatti-harakatlarni sinab koʻradi.

Goʻdaklar tishi chiqayotganida milk ogʻrigʻidan ham tishlashi mumkin.

Kichkintoylar hayajon, gʻazab, hafsalasi pir boʻlgan yoki xafa paytida, bu his-tuygʻularini ifodalash uchun soʻz yoʻqligi sababli tishlashi, chimchilashi yoki sochlarni tortishi mumkin.

Baʼzi bolalar esa boshqa tengdoshlari shu ishlarni qilganini koʻrib tishlashi, chimchilashi yoki sochni tortadi. Ular buni boshqa bola bilan urishganda ham qilishi tabiiy.

Kichkintoylar: tishlash, chimchilash va sochdan tortishni toʻxtatish

Farzandingiz tishlaganda, chimchilaganda yoki sochingizdan tortganida unga aniq koʻrsatma berish kerak. Masalan, birgina “yoʻq” soʻzini qoʻllashingiz mumkin.

Keyingi qadam: bolaning qoʻlini (yoki ogʻzini!) nariga surib, xotirjamlik bilan yuzingizni oʻgiring yoki bolani yerga qoʻying. Farzandingiz sizni yana ursa, tishlasa yoki sochingizdan tortsa, shu javobni qaytaravering.

Agar uning tishi chiqayotgan boʻlsa, tishlash uchun biror narsa, masalan, rezina chaynagich, sovuq mochalka yoki birorta xavfsiz oʻyinchoq bering. Agar u och boʻlsa, ovqatlantiring.

Kichkintoylar eʼtiborni tortadigan xatti-harakatlarini takrorlaydilar. Shuning uchun, bolangiz ijobiy xulq-atvorni namoyon qilishi bilanoq, masalan, sizga muloyimgina teginsa – uni koʻproq eʼtibor bilan mukofotlang.

Kichkintoylar: tishlash, chimchilash va sochni tortish qobiliyati

Tishlash, chimchilash va sochdan tortishga aniq ogʻzaki munosabat muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bolalarga nimani his qilayotganingizni bildirish ham yaxshi. Masalan, shunday deb koʻring: “Yoʻq. Tishlash yoʻq. Tishlash onani xafa qiladi”.

Sizning keyingi qadamlaringiz bolaning xatti-harakatlari sabablariga bogʻliq.

“Buyuk tuygʻular” uchun soʻz yoʻq

Farzandingiz his-tuygʻularini ifodalash uchun soʻz topa olmagani uchun tishlab, chimchilab, sochingizga “chang solyapti” deb oʻylasangiz, bunday holatda xotirjamlikni saqlash muhim. Shuningdek, bolaga his-tuygʻularni ifodalovchi soʻzlarni oʻrganishi uchun yordam berishingiz mumkin. Masalan, “Meni urma! Soʻzlardan foydalan. “Ona, mening jahlim chiqyapti!” – desang bas”.

Diqqat!!! Farzandingizdan uzoqlashish unga oʻzingizni qanday his qilayotganingiz haqida kuchli signal beradi. Misol uchun, agar sizni tishlamoqchi boʻlsa, undan yuz oʻgirishingiz yoki uzoqroq ketishingiz mumkin.

Ragʻbatlantirish yoki ochlik

Kichkintoy och qolgani uchun tishlasa, unga kasir-kusur pechenye (qoq pechenye) yoki sabzavot qalamchalari, somonchoʻpli ichimlik shishasi yoki rezina chaynagich kabilarni berishingiz mumkin.

Farzandingiz har safar tishlagani, chimchilagani yoki sochingizdan tortganida bir xil javob qaytarishga harakat qiling. Bu bolaga toʻgʻri xulq-atvorni oʻrganishd uchun yordam beradi. Agar uch yoki undan katta yoshda boʻlsa, unga qisqa tanaffus berish haqida oʻylab koʻring.

Agar farzandingiz boshqa bolani tishlasa, chimchilasa yoki sochidan tortsa

Farzandingiz boshqa bir bolani tishlasa yoki xafa qilsa, xotirjamlik bilan oʻsha kichkintoy va uning ota-onasidan kechirim soʻrang. Shunday deng: “Doʻsting Sardor yigʻlayapti, chunki chimchilash juda ogʻritadi”.

Keyin xotirjam holatda (agar iloji boʻlsa!) bolani bunday vaziyatdan chiqaring.

Katta yoshdagi bolalar: tishlash, chimchilash yoki sochni tortib olish haqida gapirgandan keyin

Ikkalangiz ham xotirjam boʻlgach, katta yoshdagi bolalar bilan tishlash, chimchilash va soch tortish haqida gaplashing. Asosiysi, bolangiz tushunadigan tildan foydalaning. “Bugun Maryam bilan oʻynayotganda qiynalding. Oʻyinchogʻingni olaman deganida uni tishlamoqchi boʻlding, u qoʻrqib ketdi. Murod, bu narsa menga hozir kerak. Berib turasanmi? Shunda Maryam sen bilan yana oʻynashni xohlaydi!” – deyishingiz mumkin.

Tishlash, chimchilash yoki sochdan tortish kabi yoqimsiz vaziyatdan soʻng, bolangizga qum yoki suv bilan oʻynash, pufakchalar puflash, plastilinni maydalash yoki jimgina rasm chizish kabi mashgʻulotlarda qatnashib, yanada sokin boʻlishiga yordam bering.