Tomosha sahnalashtirish
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: tomoshani rejalashtiring. Teatr, kinofilmlar yoki kitoblardan ilhomlaning. Siz mashhur hikoyalarni ijro etishingiz yoki ularning qahramonlari uchun yangi, maroqli sarguzashtlar yaratishingiz mumkin. Ssenariy yozish kerakmi yoki sizga yordam beradigan taxminiy voqealar rivoji bilan improvizatsiya qilishmi, oʻzingiz hal qiling. Yakkaxon tomosha qoʻyayotgan boʻlsangiz, sevimli asaringizni yodda saqlab, uni tomoshabinlar oldida ijro eta olishingizni sinab koʻring. Tomoshabinlarda taassurot qoldirishingiz uchun qoʻyayotgan tomoshangizni yaxshilab repetitsiya qiling! Uni qanday namoyish etishingiz toʻgʻrisida ham oʻylab koʻring! Va nihoyat, oila aʼzolaringizni yoki doʻstlaringizni tomoshaga chaqiring va ularni yasama sahna oldiga oʻtirgizing.
Shekspir davrida Angliyada ayollarga sahnada rol oʻynashga ruxsat berilmagan. Oʻgʻil bolalar va erkaklar ayollar rollarini oʻzlari ijro etishgan.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandlaringiz diqqat markazida boʻlib vaqt oʻtkazsa, bu ularga hayotning boshqa sohalarida oʻzlariga boʻlgan ishonchni oshiradigan koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bolalarga diqqat markazida boʻlish imkoniyati berilganda, ular oʻzlarini kutilmagan tarzda namoyon qiladi – xotirjam oʻtirib, ularning porlashini tomosha qiling.