Topagʻonlar oʻyini
Kerak boʻladigan materiallar: ruchka yoki qalam, qogʻoz, sekundomer.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: katta guruhni A va B jamoalariga boʻling. Har biriga boshqotirma-savol yozsa boʻladigan kichikroq qogʻoz bering, kichikroq guruhlarda esa har bir qogʻozchaga bir nechtadan gʻoya yozib, bir idishga solishsin. Gʻoya uchun kitoblar, filmlar yoki qoʻshiqlar nomlari, biror-bir harakat yoki kundalik soʻzlar va narsalar olinishi mumkin.
A jamoadan tayinlangan bir kishi idishdan boshqotirma-savol olib, hech narsa aytmasdan oʻz jamoasini qogʻozchadagi soʻz yoki jumlani topishga majbur qilishi kerak. Ular soʻzni boʻgʻinlarga boʻlishlari, qoʻl harakatlari va pantomimani ishlatishlari mumkin, ammo shovqin solish mumkin emas. Chapak chalsa ham boʻladi, lekin tovush chiqarish mumkin emas (masalan, qogʻozchada “qoʻy” deb yozilgan boʻlsa, qoʻyga oʻxshab ovoz chiqarish mumkin emas).
Siz soʻz topishda vaqtga cheklov oʻrnatishingiz mumkin yoki jamoa soʻzni topolmay taslim boʻlsa, boshqotirma-savolni topish navbati B jamoasiga oʻtadi. Har bitta toʻgʻri taxmin uchun jamoa bir balldan oladi, besh ball yiqqan jamoa gʻalaba qozonadi! Kichik yoshdagi bolalar uchun oʻyin qoidasini ozroq oʻzgartirsa boʻladi, yaʼni hamma savol-gʻoyalarni yigʻib, bir paketga solib, ularni guruh oldida navbatma-navbat koʻrsatib bersa boʻladi. Gʻoyani toʻgʻri topgan bola keyingi boshqotirma-savolni koʻrsatib-tushuntirib berishi kerak boʻladi.
Pantomima – muloqotning ilk koʻrinishlaridan biri ekanini bilasizmi? Nutq paydo boʻlishidan oldin odamlar aynan mimika orqali muloqot qilishgan!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: boshqotirma-savollar barcha yoshdagilar uchun turli davralarda oʻynasa boʻladigan klassik oʻyindir. Uning maqsadi – bolalarning noverbal muloqot qobiliyatlarini rivojlantirib, gʻoyalarni koʻtarinki kayfiyatni saqlagan holda soʻzsiz yetkazishdir! Oʻyinni yoshga koʻra moslashtirish oson, chunki raqib jamoadagi tengdoshlar oʻzlari koʻrsatib berishlariga toʻgʻri keladigan va yoshlariga mos soʻz yoki jumlalarni oʻylab topishadi. Harakat qilishlari kerak boʻlgan soʻzlar yoki iboralar bilan chiqishadi. Axir, kichik doʻstona raqobat hammaga maʼqul keladi-ku!