Topgan topaloq
Kerak boʻladigan materiallar: kichik yumshoq oʻyinchoqlar, karton quti.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlashdan oldin joy tayyorlab oling. Kichkintoyingizni oldingizda stulga oʻtirgʻizib, qulay sharoit yaratib olishingiz mumkin.
Dastlab oʻyinchoqlarni kichkintoyning oldiga qoʻying, bola ularga bemalol yeta oladigan va oʻynay oladigan boʻlsin. Keyin quti qoʻyib, ichiga oʻyinchoqlarni yashiring, kichkintoyingiz qarab turganiga ishonch hosil qiling.
Oʻyinchoqlarni yashirib boʻlganingizdan soʻng undan: “Oʻyinchoqlar qani? Ular qayerda?” deb soʻrang. Oʻyinchoqlar quti ichida ekanini koʻrsatib, ularni izlashga va qoʻlga olishga undang.
Oʻyinchoqlar qutida ekanini koʻrsatganida uni har safar maqtang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday mashqlar yordamida (buyumlarni izlash, ularga teginish va qoʻlida ushlab turish) kichkintoyingiz oʻz kuzatuv koʻnikmalari va vizual xotirasi ustida ishlashiga koʻmaklashasiz.