Toʻplar bilan oʻyin
Kerak boʻladigan materiallar: turli kattalikdagi toʻplar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotni boshlashdan oldin kichkintoy bilan oʻynash uchun joy hozirlang. Oʻzingiz stulga yoki gilamga oʻtirib oling va farzandingizni qulay holatda polga yotqizing.
Kichkintoyingizning oldiga ikkita toʻp qoʻying va ularni navbatma-navbat koʻrsating. Farzandingizga toʻplarga tegishga va ularni tanib olishga imkon bering. Soʻng toʻplardan birini uning bitta qoʻliga tutqazing va uni bir qoʻlidan ikkinchisiga qanday oʻtkazishni koʻrsatib bering. Keyin kichkintoyingiz bu mashqni oʻzi mustaqil ravishda bajarsin.
Agar toʻpingiz boʻlmasa, oʻrniga yostiq ishlatishingiz mumkin. Unutmang, kichkintoyingiz har qanday buyumni ogʻziga olib borishi mumkin, shuning uchun faqat toza buyumlardan foydalaning.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashq orqali siz kichkintoyingizga oʻyinchoqlarni ehtiyotkorlik bilan bir qoʻldan ikkinchisiga olib oʻtishga yordam berasiz, bu esa mayda motorika koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashadi.