Tovushlar chiqaramiz
Kerak boʻladigan materiallar: har xil rasmli kartochkalar yoki hikoyalar aytish va tovushlar chiqarish.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu mashgʻulot yordamida siz kichkintoyingizga rasmlarni tanib olish va qisqa tovushlarni chiqarishga yordam berasiz.
Mashgʻulotni boshlashdan oldin kichkintoyingiz uchun qulay va xavfsiz joy hozirlashni unutmang. Uni stul, yostiq yoki shunga oʻxshash qulay joyga oʻzingizga qaratib oʻtqizing.
Rasmli yoki fotosuratli kartochkalarni yigʻing va ularda aks etgan buyumlarning nomini aytgan holda kichkintoyga koʻrsating. Bolangiz buyumni tanib olishini kuting va unga mos tovush chiqarishga undang.
Bolaga tanish boʻlgan buyumlar aks etgan kartochkalardan foydalaning va ularni “oyi”, “dada” singari qisqa soʻzlar bilan taʼriflang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot orqali siz kichkintoyingizga rasmlarni tanib olishga va “da”, “bo”, “ta” kabi qisqa tovushlarni chiqarishga yordam berasiz.