Tunnel boʻylab sayohat
Kerak boʻladigan materiallar: farzandingizdan kattaroq karton quti, kichkintoylar adyoli.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingiz sigʻadigan kattalikdagi karton quti toping. Uning ikkala tomonini qirqib, yoʻlak hosil qiling va yerga qoʻying. Tunnelning bir tomoniga bolangizni yotqizing. Oʻzingiz tunnelning narigi tomonida oʻtirib, kichkintoyingizni chaqiring, unga tunneldan oʻtishni taklif qiling. Farzandingizga yordam kerak boʻlsa, uni ushlab oling va sekingina oʻzingiz tomonga torting. Oʻyinni bir necha marotaba takrorlang.
Bu mashqni takrorlagach, farzandingiz sizni koʻrmasligi uchun qutining bir tomoniga adyolni yoping va bolani qutining ikkinchi tomoniga olib oʻting.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yordamida bolangiz oyoq-qoʻllarining harakatlarini kuchaytiradi va tanasining turli qismlarini muvofiqlashtirishga erishadi. Shuningdek, u poldagi oʻyinlardan yangi hislarni oʻrganadi va kashf etadi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, chuqur idrok etishni va muammolarni hal qilishni boshlaydi.