Tuygʻular bilan boʻlishish

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda bolangiz his-tuygʻularni yanada koʻproq namoyish etyapti. U har kuni hayajon, qaygʻu, qoʻrquv, tashvish, bezovtalik kabilarni namoyon qiladi. Bunday vaqtlarda u nimani his qilayotganini sezishingiz va uni oʻziga aytishingiz mumkin: “Sen juda baxtli koʻrinasan. Menimcha, buvingning oldiga borganingdan juda xursandsan”. Yoki: “Bugun tashqarida oʻynay olmasligimizdan xafa boʻlganingni koʻryapman. Yomgʻir toʻxtaguncha ichkarida oʻynaydigan narsa topaylik”. Farzandingiz boshqalarning his-tuygʻularini sezishi mumkin. Hissiyoti haqida aytmagan taqdirda ham, bolangizga yordam berishingiz mumkin: “Ana, koʻrib turibsan, opang juda xafa. Yigʻlayapti. Kayfiyatini koʻtarishiga yordam bera olasanmi?”.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandingizning his-tuygʻularini sezganingizda ularni qabul qiling va u haqida gapiring, shunda bola tuygʻularni yanada chuqurroq anglaydi va ifoda eta boshlaydi. Ushbu yoshdagi hissiy rivojlanish muhim vazifadir. Boshqalarga hamdardlik ham buning bir qismidir. Boshqalarning his-tuygʻularini sezishi va ularga gʻamxoʻrlik qilishiga yordam berish orqali farzandingiz gʻamxoʻr inson boʻlib yetishishiga yordam berasiz.