U qayerda? Xayr-xayr!

Kerak boʻladigan materiallar: bir nechta mayda buyumlar yoki oʻyinchoqlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda farzandingiz qoʻl ishoralari yordamida oʻzi oʻylayotgan narsa haqida “gapirish”ni oʻrganadi. Bu holatga oʻzingiz ham guvoh boʻlasiz. Farzandingiz bilan oʻyin oʻynang va uni ishoralardan foydalanishga undang. Dastlab farzandingizga kichikroq buyum yoki oʻyinchoqni koʻrsating. Soʻng shunday deb ayting: “Mana sening qoʻgʻirchogʻing. U qayerga ketdi?” (qoʻgʻirchoqni farzandingiz yetolmaydigan joyga qoʻying). Qoʻgʻirchoqni koʻrsating: “Mana u!” Farzandingiz ham ishora qilish-qilmasligini kuzating. Keyin qoʻgʻirchoqni oldingi joyiga qaytaring. Farzandingizda qiziqish uygʻongan boʻlsa, yana takrorlang. “Qoʻgʻirchogʻingga xayr-xayr qil” deb qoʻlingizni silkitish orqali yana bir harakatni qoʻshishingiz mumkin. Farzandingiz qoʻlini silkitishiga yordam bering: “Qoʻgʻirchoq, xayr-xayr!”

Farzandingiz ishoralardan mustaqil foydalana boshlaganda (masalan, siz tayyorlagan biron yegulikni qoʻli bilan koʻrsatganda) unga “Ha, sen bananni koʻryapsan! Banan yeysanmi?” deyishingiz mumkin. Bu orqali farzandingizga nima demoqchi ekanini tushunayotganingizni bildirasiz.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: ishoralar maʼnoga ega boʻlib, ularni ishlatish farzandingizning tili va muloqotini rivojlantirishning bir qismidir. Farzandingiz bu mashgʻulot orqali muloqot qilmoqchi boʻlsa, siz unga javob berishingizni ham bilib oladi. Bu erta muloqotga oʻxshaydi. Bunday muloqot farzandingiz bilan sizning oʻrtangizdagi aloqalarni mustahkamlab, uning ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga yordam beradi.