Uqalash/massaj
Kerak bo'ladigan materiallar: Tana uchun krem yoki yog' (xohishga ko’ra)
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Massajni oyoqlardan boshlab, bosh tomonga qarab harakat qilamiz. Avval qo’llaringizni isitib oling, buning uchun ularni bir-biriga ishqalashingiz mumkin. Xohishga ko’ra tana uchun krem yoki yog' ishlating. Bolangizga qulay bo'lishi uchun uni tekis, yumshoq yuzaga yotqizing.
Oyoqlari:
Farzandingizning oyoqlaridan birini qo’lingizga oling va uni bir necha marta chapdan o'ngga va o'ngdan chapga aylantiring. Keyin bolangizning tovonini to'pig'idan barmoqlariga qadar massaj qiling. Oyoqni almashtiring va massajni takrorlang.
Kaftlari:
Farzandingizning avval bir oyog’ining tovonida bosh barmog’ingizni aylana shaklida yurgizing. Keyin oyoqni o’zgartiring.
Oyoq barmoqlari:
Oyoq massajini tugatish uchun bolangizning har bir oyog'ini galma-galdan bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasida ushlab, uning oyoq barmoqlaridan sizning barmoqlaringiz sirpanib ketguncha yumshoqlik bilan torting. Bu mashqni farzandingiz oyog’ining 10 ta barmog’ining har biri bilan bajaring.
Farzandingiz nimani o'rganadi: Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, massaj sog'liq uchun har tomonlama foyda keltirishi mumkin. Masalan, bolalarga massaj bola va onaning o'zaro yaqinlik ta'sirining kuchayishiga yordam beradi, bola yig'isi va stress gormonlarining kamayishi hisobiga uning xotirjamligi oshadi.