Urib tushirilgan tish

Zarba yoki qattiq yiqilish oqibatida bolaning bir yoki bir nechta tishi tushib qolishi mumkin. Baʼzida bu tushib qolgan tish joyida kuchli qon ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Agar shoshilinch ravishda tish shifokoriga murojaat qilinsa, tish yoki tishlarni saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Body

Agar bolaning doimiy tishi urib tushirilgan boʻlsa, nima qilish kerak?

Agar bolaning doimiy tishi urib tushirilgan boʻlsa, unda bu tishni hali ham saqlab qolish mumkin.

Quyidagi ketma-ketlikka koʻra tez va aniq harakat qiling:

  • Bolaning ogʻzida qon ketishini toʻxtating. Bir boʻlak toza dokani oʻrang va farzandingizdan uni qattiq tishlashini soʻrang.
  • Tishni qidiring! Agar topilsa, tishni milkdan chiqib turgan oq (toj) qismidan ushlang, uning ildiziga tegmang. Ildiz yuzasida biriktiruvchi toʻqima tolalari qoladi, bu tish uyasida qayta bitishi uchun muhimdir.
  • Bir piyola suvda tishni yuving. Lekin uni sovun yoki tish pastasi bilan yuvmang. Hech narsa bilan artmang.
  • Eng yaxshi usul, tishni uyasiga 10–15 daqiqa ichida qaytarishdir. Bu tishni saqlab qolish imkoniyatini 90% gacha oshiradi.
  • Tishni shifokorga shoshilinch yetkazish uchun toʻgʻri muhitda saqlang! Tishni fiziologik eritma (0,9% fiziologik eritma), tuxum oqi, sutga soling. Juda imkoni boʻlmaganda tishni bolaning oʻz tupugi bilan idishga solib yetkazish mumkin. Muhimi, tish shifokoriga uchragunga qadar tish namligicha qolsin. Tishni spirt yoki perikisga solmang!
  • Shoshilinch ravishda bola va tishni stomatologiya shifoxonasiga yetkazing – kechikish tishni saqlab qolish imkoniyatini keskin yomonlashtiradi!

Siz hammasini toʻgʻri qildingiz. Endi sizda tishni saqlab qolish uchun haqiqiy imkoniyat bor.