Uy orkestri
Kerak boʻladigan materiallar: kastryulchalar; pishiriq uchun qolip; yelim idishlar; metall qoshiqlar; yogʻoch qoshiqlar; metall koʻpirtirgich; shisha butilkalar; suv; elastik tasmalar; oyoq kiyim qutisi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin:
1-qadam
Asboblar roʻyxatiga qarang. Soʻng farzandlaringizni toʻplangan uy anjomlari yoqdamida shovqin chiqarishga undang. Metall kastryulchalar va tova zarbli asboblar boʻlimining asosiy qismini tashkil qiladi. “Asboblar” yogʻoch va metall buyumlar bilan urilganda qanday tovush chiqaradi?
2-qadam
Bir necha xil oʻlchamdagi shisha idishlarni har xil miqdordagi suv bilan toʻldiring. Shishaning ogʻziga qattiq puflang, “hushtak” hosil boʻladi. Eski sut idishlarini yoki sous idishlarini ishlating, shisha boʻlsa, yanada yaxshi. Damli cholgʻu asboblari hosil qilindi. Agar asta urilsa, shisha butilkadan ksilofon hosil boʻladi.
3-qadam
Bir nechta elastik tasmalarni poyabzal qutisi atrofida torting. Gitaraga oʻxshash qutining oʻrtasida doira tirqish kesib tajriba qilishingiz mumkin. Torlar orasi har xil kenglikda tortilgan boʻlsa, tovush ham har xil boʻladi, kichikroq yoki kattaroq qutilar ham tovushlarni turlicha aks ettiradi. Oʻzingiz yasagan torli cholgʻu asboblari bilan tajribalar oʻtkazing.
4-qadam
Bolalar oʻzlarining orkestrlariga turli xil tovushlarni taratadigan elektr jihozlarini (kattalar nazorati ostida) qoʻshishlari mumkin. Choynak, changyutgich va kir yuvish mashinalari taratayotgan shovqin orkestringiz uchun ajoyib fon yaratadi.
“Orkestr” soʻzi “raqsga tushish” maʼnosini bildiruvchi yunoncha soʻzdan kelib chiqqanini bilasizmi? Musiqa chalayotganingizda raqs tushishga ham vaqt ajrating!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bolalar shovqin solishni yaxshi koʻradilar! Turli xil tovushlarning imkoniyatlarini oʻrganish uchun ularga cheklovlarsiz vaqt va shovqin taratuvchi buyum bering. Ushbu mashgʻulot bolalarni qanday qilib tovush va musiqa hosil qilish, shuningdek, eng yaxshi yoki baland tovushlarni qaysi buyum chiqayotgani haqida oʻylashga undaydi.