Xat yozishadigan doʻst toping

Kerak boʻladigan materiallar: ruchka yoki qalam, qogʻoz, konvert, muhr.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzand(lar)ingizga xatlar yozish uchun uzoqda yashovchi qarindosh yoki tanishlar orasidan doʻst topishga harakat qiling. Oʻz xatlaringizda ulardan turli xil narsalar toʻgʻrisida (masalan, ular nimalar bilan shugʻullanishi, nimalarni yoqtirishi, nimalarni yoqtirmasligi, qanday rejalari borligi, nimalar qilmoqchi ekanligi va h.k.) yozishlarini iltimos qiling. Bolangizga xatni quvnoq va qiziqarli yozishga yordam bering, maktubda rasmlar, stikerlar, suratlar, hatto kichik sovgʻalar ham boʻlishi mumkin. Farzandingiz ham xat yozishayotgan doʻstiga savollar berayotganiga ishonch hosil qiling, shuningdek, doʻsti javob xati yozishi uchun manzilni koʻrsatish esdan chiqmasin!

1920-yilning iyun oyiga qadar AQSHdagi odamlar 5 kilogrammdan yengil vazndagi bolalarini pochta orqali yuborishi mumkin boʻlgan!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: xat yozishadigan doʻstga ega boʻlish farzandingizga doʻstona munosabatlarni oʻrnatish, oʻzini ifoda etish va yozma narsalarni qadrlashni oʻrganishga yordam beradi. Doimiy ravishda xat yozish ular uchun savodxonlik koʻnikmalari, koʻrish qobiliyati va motorikani muvofiqlashtirishni yaxshilashning qiziqarli usuli hisoblanadi. Bolalar xat yozishadigan doʻstlaridan javob xatlarini olishni yoqtiradi!