Xayoliy buyumni uzating
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolalarga aylana shaklida oʻtirishni ayting. Keyin esa xayolan biror narsani koʻtaring va biroz vaqt uni qoʻlingizda ushlab turing (bu qanday buyumligi va oʻyinni qanday oʻynash kerakligini koʻrsatish uchun). Siz istalgan narsani tanlashingiz mumkin – tennis toʻpi, choynak, ananas, taroq, mushuk va h.k.
Xayolingizdagi buyumga biroz taʼrif berib, uni keyingi ishtirokchiga “uzating”. U ham oʻz navbatida buyumni 20 soniya ushlab turib, yonidagi boshqa ishtirokchiga uzatishi kerak.
Har bir ishtirokchidan buyumga yangicha taʼrif berishni soʻrang, masalan: “U anchagina ogʻir”, “Uning tikanlari bor”, “U issiq”. Buyum boshqa ishtirokchiga uzatilgach, taʼriflarni davom ettirishi kerak.
Bolalar oʻzlarini biror narsa koʻtarayotganday qilib koʻrsatayotganda ularning tasavvurini boyitish uchun xayoliy narsalar qamrovini kengaytiring – ogʻir toshdan tortib to qanotlarini yengilgina qoqayotgan kapalakkacha.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot bolalarga oʻz tasavvuri va soʻz boyligini oshirish imkonini beradi. Har qanday joyda oʻynash mumkin boʻlgan bunday tezkor va qiziqarli oʻyin jamoaviy ishlash koʻnikmalarini va oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirishga ham yordam beradi.