Xayrlashishni mashq qilamiz
Kerak boʻladigan materiallar: ertak, hikoyalar kitobi yoki oʻzingiz yaratgan hikoya, yoki yumshoq oʻyinchoqlar, qoʻgʻirchoqlar, toʻldirilgan hayvonlar yoki oʻyin uchun kerak boʻladigan boshqa narsalar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda farzandingizni qoldirib uzoqroq ketsangiz, kichikroq paytidagiga nisbatan kamroq xafa boʻlishi mumkin (masalan, bolangizni bobosi yoki enagaga qoldirish, maktabgacha taʼlim muassasasiga berish). Farzandingiz oʻzini xavfsiz his qilishiga yordam beradigan usullardan biri bu – ertak aytib berish yoki “oʻzini koʻrsatib oʻynash”. Masalan, onasi bozorga ketayotgan kichkina qiz yoki bola haqida hikoya oʻqishingiz yoki oʻylab topishingiz mumkin. Bolaga qoʻshni qarab turadi. Bu hikoyada bola ozroq gʻamgin boʻlishi ham mumkin, lekin u qoʻl silkib xayrlashadi, qoʻshnisining tizzasida oʻtiradi, oʻynash uchun oʻyin topadi va oyisi qaytib kelganida xursand boʻladi.
Bunday hikoyani yoki boshqasini qoʻgʻirchoqlar yoki boshqa narsalar bilan ham sahnalashtirsa boʻladi. Siz bolangizdan, masalan: “Qizaloq oʻzini yaxshi his qilishi uchun qanday yoʻl tutishi kerak? Kimdir yordam bera oladimi?” deb soʻrashingiz mumkin.
Albatta, bolangizga kundalik xafagarchiliklarni dadil yenga olishda yordam berish imkoniga egasiz. Ketayotganingizda qachon qaytib kelishingizni bolangizga ayting, yoʻqligingizda unga qanday gʻamxoʻrlik qilishlarini tushuntiring va bu payt davomida vaqtini qanday oʻtkazishi mumkinligi haqida unga bir necha gʻoya-takliflar bering.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu tajribalarning barchasi bolangizda himoyalanganlik hissi ortishiga va u oʻz his-tuygʻularini boshqarishni oʻrganishiga yordam beradi. Farzandingiz oʻzi uchun yoqimsiz holatlarni qanday qarshi olish boʻyicha tajriba orttiryapti. Shuningdek, u kelajak haqida oʻylash va rejalashtirishni ham oʻrganyapti.