Xazina ovi

Kerak boʻladigan materiallar: oddiy quti yoki plastik idish, maydalangan qogʻoz (uzunasiga maydalangan gazeta, qogʻoz sochiqlar yoki boshqa qogʻozlar), mayda oʻyinchoqlar yoki boshqa kichik narsalar (bola uchun xavfsiz boʻlsin).

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinchoqlar koʻzdan berkitilishi uchun buyumlar yoki oʻyinchoqlarni maydalangan qogʻoz bilan birga qutiga soling. Farzandingizning eʼtiborini doʻstona yuz ifodasi bilan jalb qiling: “Manavi narsaga qara! Xazina bu!” deb ayting va keyin undan yashirilgan narsalarni topishini soʻrang. Unga “...ni top” yoki “... qayerda?” degan oddiy koʻrsatma bering. Qogʻozga ham, berkitilgan narsalarga ham tegishiga va izlanishdan zavq olishga ruxsat bering. U qimmatbaho buyumlardan birini topganda, xazinani har doim “Va mana ...” deb nomlang. Bolaning reaksiyasini (javob harakatini) kuzatib boring va koʻrganlaringizni taʼriflang: “Senga bu yoqadi!”, “Sen koʻproq narsani bilmoqchisan!” Yoki uning muvaffaqiyatlarini maqtang. Agar topgan narsalari haqida aytmoqchi boʻlsa, uni qoʻllab-quvvatlang. Qutidagi barcha xazina topilmaguncha davom eting. Xilmaxillik boʻlishi, bolangiz turli xil soʻzlarni oʻrganishi uchun berkitilgan narsalar yoki oʻyinchoqlarni almashtiring.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandingiz kattalar qilgan imo-ishoralar va ularning soʻzlari bilan muloqot qilishni va ularga taqlid qilishni oʻrganadi. Farzandingiz soʻrovlarga javob berishda imo-ishoralardan yetarli darajada foydalanadi.