Yashirilgan buyumlarni qidirish

Kerak boʻladigan materiallar: bir nechta yumshoq oʻyinchoq yoki uyingizdagi buyumlar, farzandingiz uchun xavfsiz va qiziqarli boʻlgan oʻyinchoqlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingizni qorni bilan gilam yoki boshqa yumshoq yuzaga yotqizing. Bolangizning yuzini koʻra oladigan va uning xavfsizligini nazorat qila oladigan joyga oʻtiring. Bir necha oʻyinchoqlarni farzandingizning bir tomoniga (oʻng yoki chap) qoʻllari yetmaydigan, lekin bemalol koʻra oladigan qilib qoʻying. U oʻyinchoqlarga eʼtibor qaratishini kuting yoki siz ajablangan ohangda uni jalb qiling (Masalan, “Iye, manavi yerda nimalar bor ekan?!” deng). Farzandingiz buyumlardan birini olish uchun agʻdarilishini kuting. Agar u mustaqil harakat qilmasa, uning agʻdarilishi va oʻyinchoqlarga yetishiga yordam bering. Uni joʻshqin ovozingiz va tabassumingiz bilan qoʻllab-quvvatlang. Agar bolada qiziqish yoʻqolib, koʻzini boshqa yoqqa qaratsa yoki qarshilik koʻrsatsa – butun jarayonni bolaning boshqa tarafida, boshqa oʻyinchoqlar bilan takrorlang.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot farzandingizga buyumlarni koʻrib, bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga olib, teginib, ogʻziga solib oʻrganishiga imkon beradi.