Yelimsiz slaym qanday tayyorlanadi?
Kerak boʻladigan materiallar: dush uchun gel, makkajoʻxori kraxmali, suv, kosa, qoshiq, oziq-ovqat boʻyoqlari (ixtiyoriy).
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: yelimsiz slaymni qanday tayyorlashni bilib oling. Sizga bor-yoʻgʻi bir nechta oddiy maishiy ingrediyentlar kerak boʻladi.
Slaym tayyorlash uchun quyidagi amallarni bajaring:
1. Dush uchun geldan idishga ozgina quying / siqib oling. Miqdori siz qancha slaym tayyorlamoqchi ekaningizga bogʻliq, lekin biz uch osh qoshiq solishni tavsiya qilamiz.
2. Ikki osh qoshiq makkajoʻxori kraxmalini qoʻshing va aralashtiring. Agar rangli slaym tayyorlamoqchi boʻlsangiz, aralashmaga oz miqdorda oziq-ovqat boʻyogʻini qoʻshing. Ehtiyot boʻling, kiyimingizga dogʻ tushmasin!
3. Slaym qalinlashganda uni qoʻllaringiz bilan qorishtiring. Aralashmangiz xamir holatiga kelishi kerak, agar bunday boʻlmasa, koʻproq makkajoʻxori kraxmali qoʻshing va qorishda davom eting.
4. Slaymni choʻziluvchan qilish uchun ozgina suv qoʻshing. Istalgan holatga kelganidan soʻng, oʻta quvnoq oʻyin-kulgi boshlanadi!
Slaymni havo kirmaydigan idishda saqlang – shunda undan qayta-qayta foydalanishingiz mumkin!
PVA yelim kerak boʻladigan bir nechta ajoyib slaym retseptlari mavjud, ammo bu juda qiziqarli ilmiy tajriba uchun muhim tarkibiy qism degani emas!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: slaym bilan oʻynash bolalar uchun foydalidir. Bu ajoyib mashgʻulot nafaqat sezish qobiliyatini oshiradi, balki diqqatni jamlashga yordam beradi, bolalarni mustaqil oʻynashga undaydi, kichik motorikani rivojlantiradi va tinchlantiradi.