Yuqoriga va pastga birgalikda!
Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda zinapoyadan yuqoriga koʻtarilib, pastga tushish farzandingizga qiziqarli mashgʻulot boʻlib tuyulishi mumkin (uyingizda zinapoya boʻlmasa ham, tashqarida bolangiz mashq qilishi mumkin boʻlgan shunday joy boʻlishi mumkin). Farzandingiz yuqoriga koʻtarilib, pastga tushishga harakat qilganida u bilan albatta birga boʻling. Farzandingiz dastlab emaklashi, soʻng qoʻlingizdan yoki zinapoya tutqichidan ushlagan holda tik turishga harakat qilishi mumkin. Bolajoningizni kuy yoki qoʻshiq bilan ruhlantiring: “Yuqoriga birga chiqamiz! Oyisi va Aziz zinapoyaga chiqadi. Biz birga chiqamiz! Tepaga chiqamiz, pastga tushamiz. Yuqoriga va pastga birga boramiz”.
Siz bolangizni qiziqtirsh uchun teparoqqa yumshoq oʻyinchoq yoki boshqa buyum qoʻysangiz boʻladi. Farzandingizga qoʻlidan ushlab koʻmaklashishingiz, keyingi zinaga qadam qoʻydirishingiz yoki orqasidan tutib turishingiz mumkin. Xavfsizlikni masalasini koʻzdan qochirmang, hamisha bolangizning yonida boʻling.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandingiz oʻz jismoniy harakatlarini muvofiqlashtirishni mustahkamlayapti. Yangi narsalarni oʻrganishida oila aʼzolari yordam berishiga va oʻz xavfsizligiga ishonchi ortib boryapti.