Agar farzandingizni it tishlasa, nima qilish kerak?
Katta itlar bola uchun xavflidir, chunki ular yuz yoki boʻyinni osongina jarohatlashi mumkin, lekin unutmangki, kichik itlar ham xuddi shunday xavfli boʻlishi mumkin, ayniqsa ularga toʻsatdan yaqinlashilsa, chunki bu holda ular qoʻrquvdan bolani tishlashlari mumkin.
Body
Bolaga zarur boʻlgan birinchi yordamni koʻrsating:
- jarohatni iloji boricha tezroq sovun bilan oqar suvda yuving;
- agar qon ketayotgan boʻlsa, uni toʻxtatish kerak;
- agar bolani uy iti tishlagan boʻlsa, uy egasidan quyidagi maʼlumotlarni soʻrang: it egasining ismi, manzili va telefon raqami, quturishga qarshi emlangani hamda uni emlagan va ilgari davolagan veterinar haqida maʼlumot;
- agar daydi/qarovsiz it bolani tishlab olgan boʻlsa, qarovsiz hayvonlarni nazorat qilish xizmatiga murojaat qiling, xizmat xodimlari voqea joyiga yetib borishi va itning roʻyxatga olinganini va quturishga qarshi emlanganini aniqlashi kerak;
- iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling, chunki bu holat qoʻshimcha davo, jarrohlik aralashuvi, qoqshol yoki quturishga qarshi emlashni talab qilishi mumkin.
Agar it bolaga ogʻir jarohat yetkazgan boʻlsa yoki yuz, bosh yo boʻyin sohalarida jarohatlanish boʻlsa, tez tibbiy yordamni chaqiring (103) yoxud bolani shifoxonaga olib boring.