Autizm spektri buzilgan bolalarning aka-ukalariga maslahatlar
Autizm spektri buzilgan bolalarning ota-onalari va opa-singillari
Bolaning autizm spektri buzilishi (ASD) boʻlgani, boshqa bolalaringizning ehtiyojlariga vaqt topishni qiyinlashtirishi mumkin. Baʼzida oʻzingizni aybdor his qilasiz yoki oʻzingizni ahvolingiz haqida qaygʻurasiz.
Ammo oʻzingizga qattiqqoʻllik qilmang – boshqa bolalarni tarbiyalash uchun har kuni qilishingiz mumkin boʻlgan oddiy narsalar bor.
Aka-uka va opalarga autizm spektrining buzilishini tushuntirish
Autizm spektrining buzilishi (ASD) ni odatda rivojlanayotgan bolangizga ular tushunishi mumkin deb oʻylagandan soʻng yoki ular akasi yo singlisi boshqa bolalarga nisbatan boshqacha munosabatda boʻlishini payqashlari bilanoq tushuntirishni boshlaganingiz maʼqul. Bu bolalarga opa-singlisining nogironligiga moslashishga yordam beradi va ASD haqidagi notoʻgʻri fikrlardan xalos etadi.
Bolalar oʻsib-ulgʻaygani sayin ularga koʻproq maʼlumot kerak. ASD haqida murakkab savollariga javob berishingiz kerak.
ASDni qanday tushuntirish kerak?
- Farzandlaringiz nimani bilishini bilib oling. Har qanday savolga javobni sodda tushuntiring. Farzandlaringizning his-tuygʻulari haqida savollar bering. Bir nechta narsalarni tushuntirishga tayyor boʻling.
- Farzandlaringizning yoshi, tushunish darajasiga mos keladigan til va gʻoyalardan foydalaning. ASD xususiyatlarini asosiy atamalar yoki oddiy tavsiflar bilan tushuntiring.
- Yosh bolalarga ularning opa yo singillari haqida “hech narsa qila olmaydi”, deb aytsa boʻladi. Buni ularning singlisi qanday qilishni oʻrganmagan yoki “tushunmaydi” deb izohlash mumkin.
Bolalar ASD haqida nimani bilishadi?
Hatto bolalar ASD haqida umumiy maʼlumotga ega boʻlsalar ham koʻpincha aka-ukalariga qanday taʼsir qilishni bilishmaydi.
Har xil yoshdagi bolalar ASDni turlicha tushunishadi. Besh yoshli bola opa-singil yoza olmasligining sababini ASD deb bilishi mumkin. 17 yoshli yigitda ASD borligi opa-singlisining “normal hayot” kechirishiga xalal beradi.
Bolalar baʼzida ASD haqida notoʻgʻri fikrlarga ega boʻlishadi. Ular ASDni xuddi shamollash kabi davolash mumkin, deb oʻylaydi. Yosh bolalar autizmga chalingan bola haqida “U badxulqi, yomon fikri tufayli shunaqa kasal boʻlib qolgan”, deb oʻylashi ham ehtimol. Siz ularga bu fikrlar notoʻgʻri ekanini tushuntiring.
Autizm spektri buzilishining aka-ukalarga taʼsiri
Odatda autizm spektrining buzilishi (ASD) boʻlgan bolalarning aka-ukalari yaxshi moslashadi. Koʻpincha nogiron bolalarning aka-uka, opa-singillari gʻamxoʻr, rahmdil, mustaqil va bagʻrikeng boʻlishadi.
Ammo baʼzan sogʻlom bolalar ham bir qator qiyin yoki salbiy hislarni boshdan kechiradi. Masalan, turli vaqtlarda ular oʻzlarini shunday his qilishlari mumkin:
- ular aka-ukalari bilan oʻtkazayotgan vaqtingizga hasad qilishi;
- aka-ukalari ular bilan oʻynashni xohlamagandek tuyulib, tushkunlikka tushishi;
- sizdan va birodaridan gʻazablanib qolishi. Masalan, siz opa yo singilisini uy ishlaridan ozod qilib, tajovuzkor xatti-harakatlari uchun jazolamasangiz oʻzlarini shunday tutishi;
- aka-ukalarini himoya qilishi va boshqalar hazillashsa gʻazablanishi;
- oilaviy sayohat paytida gʻalati eʼtibordan uyalib, oʻzini oʻngʻaysiz his qilishi;
- aka-ukalariga nisbatan xijolat yoki gʻazab kabi salbiy his-tuygʻularga ega boʻlganidan oʻzini aybdor his qilishi (vijdoni qiynalishi);
- stress oilaviy munosabatlarga taʼsir qilayotganidan xavotirlanishi. Masalan, baʼzi bolalar ota-onasi ajrashib ketishidan xavotirlanishlari;
- aka-ukalariga gʻamxoʻrlik qiladigan kelajakdagi “boshqa”larga rozi boʻlmasligi.
Autizm spektri buzilgan bolalarning aka-ukalariga doir maslahat
Sizning ASD boʻlgan bolangiz kabi, sizning boshqa bolalaringiz ham eʼtiboringizga muhtoj. Bu yerda siz odatda rivojlanayotgan har bir bolaga eʼtiborli boʻlishingiz, ularga oʻzini alohida his qilishiga yordam berishingiz, barcha farzandlaringiz oʻrtasida ijobiy munosabatlarni ragʻbatlantirishingiz kerak.
Aka-uka va opa-singillar uchun alohida vaqt ajratish
ASD bilan ogʻrigan bolalarning aka-uka, opa-singillari koʻpincha oʻz muammolari haqida gapirishni xohlamaydilar. Buni yengish uchun siz:
- Farzandlaringiz uchun odatiy kundalik vaqtni ajratib qoʻying. Bu yotishdan oldin yo kun oxirida boʻlishi mumkin. Siz 10 daqiqa davomida bolalarga bir kunda qilgan uchta ijobiy ishni aytib berishingiz mumkin.
- Farzandlaringiz sizga biror narsa aytishni xohlasalar, vaqt ajrating. Agar har kuni muntazam vaqt ajratolmasangiz, farzandingizdan sizdan xafa boʻlmasligini soʻrang.
- Farzandlaringiz bilan ASDga chalingan bolangizdan alohida, maxsus mashgʻulotlarga vaqt ajrating. Masalan, bolalaringizni basseynga yo kinoga olib boring.
- ASD bilan ogʻrigan bolangizga bir kun yoki dam olish kunlari qarash uchun ishonchli enagadan foydalaning. Shu tariqa siz boshqa bolalar bilan koʻproq vaqt oʻtkazishingiz mumkin.
ASD bilan oʻgʻrigan farzandingizdan koʻra boshqa bolalaringizga koʻproq vaqt ajratishni adolatsizlik deb bilmang. Muhimi boshqa bolalaringiz siz bilan boʻlgan vaqtlarida oʻzlarini baxtiyor his qilishlaridir.
Agar boshqa farzandlaringiz ham siz uchun kerakli ekanini his qilishsa yoshi ulgʻaygani sayin vaziyatni odilona tushunishadi. ASDga chalingan birodariga nisbatan xafa boʻlish ehtimoli kamroq boʻladi.
Yaqin munosabatlarni ragʻbatlantirish
ASD bilan ogʻrigan bolalarning aka-uka va opa-singillari odatda ularga ijobiy munosabatda boʻlishadi. Lekin koʻpincha ularning munosabatlari yaqin boʻlmaydi. Sababi ASD bilan ogʻrigan bolalar koʻpincha ijtimoiy muloqotda boʻlishlari qiyin ekanidir.
Farzandlaringiz oʻrtasida yaqin munosabatlarni ragʻbatlantirishning bir usuli – ular birga oʻynashi, dam olishi va muloqot qilishi usullarini izlashdir. Masalan, ASD bilan kasallangan koʻplab bolalar pufakchalar puflash va poyezdlar bilan oʻynashni yaxshi koʻradilar. Bu ularning aka-uka va opa-singillariga ham yoqadigan mashgʻulotlar.
Farzandlaringiz oʻzlariga adolatli munosabatda boʻlishlarini his qilishlari muhim:
- Iloji boʻlsa oilaviy qoidalarni hamma farzandlaringiz uchun adolatli tuzing.
- Barcha bolalaringizning yaxshi xulq-atvorini ragʻbatlantirish uchun strategiyalardan foydalaning.
- ASD bilan kasallangan bolangizning tajovuzkor yoki yomon xatti-harakatlarini qabul qilmaslikka urining, agar siz buni boshqa bolalaringizdan qabul qilmasangiz. ASD bilan kasallangan bola uchun urish yoki tashlab yuborish kabi xatti-harakatlar jozibali boʻlishi mumkin. Chunki bu bola “tushunmaydi yoki tushunishi juda qiyin”. Ammo uning aka-uka va opa-singillari buni adolatsiz deb bilishadi, natijada gʻazablanishadi yoki xafa boʻlishadi.
Oilaviy rol va majburiyatlarni belgilash
Farzandlaringiz oilaviy hayotingizga hissa qoʻshishi mumkin. Uyingizda har bir kishiga yordam berish usuli birlashishga, mehr rishtalari mustahkamlanishiga olib keladi. Shuningdek, barcha bolalarga mustaqil koʻnikmalarni oʻrgatadi. Buning uchun farzandlaringizning yoshi, iqtidoriga mos keladigan rol va masʼuliyatni ishlab chiqish zarur.
Sizning odatda rivojlanayotgan bolalaringiz uy vazifalarini bajarishi, toʻshaklarini yigʻishi, idishlarni yuvishi, kiyimlarini yigʻishi kabi. ASD bilan kasallangan bolangiz ham yoshi katta boʻlgani sari masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi mumkin. Masalan, u joy belgisini chiqarib dasturxonga qoʻyishi mumkin.
Boshqa bolalaringizga ishonish yoki ularning qoʻshimcha masʼuliyatni oʻz zimmalariga olishlari yoqimli boʻlishi mumkin. Muhimi, adolatli boʻlish, boshqa bolalaringizga faqat bola boʻlish uchun vaqt kerakligini esdan chiqarmaslik kerak.
Salbiy his-tuygʻularni boshqarish
ASD bilan ogʻrigan farzandingiz bu kasalga moslashayotganda boshqa bolalaringizning unga boʻlgan munosabati muhim. Baʼzan unda salbiy his-tuygʻular paydo qilishi, u xavotirlanishi yoki xafa boʻlishi mumkin.
His-tuygʻular bilan unga yordam berishning baʼzi usullari:
- Farzandlaringizning his-tuygʻularidan xabardor boʻling va ularni tan oling. Masalan, agar farzandingiz: “Men Siroj bilan oʻynashni yomon koʻraman, u mening oʻyinchoqlarimni olib qoʻyadi”, desa siz: “Albatta”, deb ayta oling.
- Farzandlaringiz bilan ularning his-tuygʻulari haqida istiholasiz gapiring. Masalan: “Sendan gʻazablanmayman. Ayt-chi, nima boʻldi, sen oʻsha holatda oʻzingni qanday his qilding?”
- Farzandlaringizning his-tuygʻulari uchun bir nechta ijobiy manbalarni topish uchun birgalikda ishlang. Masalan, farzandlaringiz oʻz his-tuygʻularini ifoda etish uchun rasm chizishni yoqtirishlari mumkin.
- Oʻz his-tuygʻularingiz bilan oʻrtoqlashing, odatiy tartibda rivojlanayotgan bolalarga his-tuygʻulari normal ekanini tushunishda yordam bering. Masalan, baʼzida siz ham xijolat tortishingizni aytishingiz mumkin.
- Boshqa oila aʼzosi yoki doʻstingiz bilan nima boʻlayotgani haqida gaplashing. Boshqalar bilan gaplashish sizning fikringizni yengillashtiradi va yechim topishga yordam beradi.
- Agar sizga aka-uka yoki ularning his-tuygʻularini boshqarishda yordam kerak boʻlsa shifokor, bolalar psixologi yoki maslahatchisidan yordam soʻrang.
Oiladan tashqaridagi qoʻllab-quvvatlash tarmogʻini ragʻbatlantirish
Baʼzida boshqa bolalaringiz hayotdan charchaganini his qilishlari, ayniqsa, ular aka-ukalari bilan munosabatlari qiyinlashganini sezasiz. Bunday paytlarda oiladan tashqaridagi doʻstlik sizga va farzandlaringizga yordam beradi.
Oila aʼzolarni qoʻllab-quvvatlash guruhiga qoʻshilish bolalarga yolgʻiz emasliklarini tushunishga, his qilayotgan narsalari meʼyoriy ekanini anglashga yordam beradi. Agar bolalar qiyinchiliklarga duch kelsa ularga maslahat berish ham yaxshi fikr.
Qoʻllab – quvvatlash guruhlari
ASD bilan ogʻrigan farzandi bor oilalarning qoʻllab-quvvatlash guruhiga qoʻshilishi – siznikiga oʻxshash vaziyatda boshqa odamlar bilan uchrashish va doʻstlik oʻrnatishning ajoyib usuli. Bu, shuningdek, odatda rivojlanayotgan bolalarga ASDli bolalarning boshqa aka-ukalari bilan tanishish imkonini beradi.