Birinchi yordam koʻrsatishda nimalarni yodda tutish kerak?

Agar siz jarohat olgan bolaga birinchi yordam koʻrsatishingiz kerak boʻlgan vaziyatga tushib qolsangiz, birinchi navbatda birinchi yordam haqida qanchalik yaxshi bilimga ega ekaningizni va kerakli yordam bera olasizmi, oʻylab koʻring. Yoki bolaning ahvolini ogʻirlashtirmaslik uchun mutaxassislarni kutish yaxshiroq ekanini oʻzingiz uchun hal qiling. Favqulodda vaziyatlar xizmatining kelishini kutayotganda, xotirjam boʻling va jarohat olgan bola bilan gaplashing, yordam yaqin ekaniga va uni yolgʻiz qoldirmasligingizga ishontiring.
Body

Birinchi yordam – baxtsiz hodisalar va favquloddagi kasalliklarda hayot va salomatlikni saqlash uchun zarur boʻlgan tezkor oddiy choralardir.

Birinchi yordam koʻrsatishda tavsiya etilgan baʼzi usullar maxsus tibbiy bilim va koʻnikmalarni qoʻllashni talab qiladi (yurak-oʻpka reanimatsiya, Geymlix usuli va boshqalar).

Tavsiya etiladigan muolajalarning tavsifidagi maʼlumotlardan foydalanish ularning ayrimlarini muvaffaqiyatli qoʻllash uchun yetarli hisoblanmaydi. Birinchi yordam koʻrsatish va bolaning hayoti va salomatligiga xavf boʻlgan vaziyatlarda toʻgʻri harakatlarni amalga oshirish uchun nazariy oʻqish va ularni amaliyotda oʻzlashtirish kerak.

Agarda siz, bolaga birinchi yordam koʻrsatish kerak boʻlgan vaziyatga tushib qolsangiz, xotirjamlikni saqlang, bolani tinchlantiring, zudlik bilan tez yordam chaqiring.

Masalan, hushdan ketishda, tez yordam kelguncha siz bolani orqasiga yotqizishingiz mumkin, bunda boshini pastroq qilib, oyoqlarini biroz koʻtarish kerak, boʻyni va koʻkragini siqib turgan kiyimlardan boʻshating, shikastlangan bolani adyol bilan oʻrab qoʻying, nashatir spirtini hidlating. Yaralarga – steril bogʻlam qoʻying, qon ketganda – bosuvchi bogʻlam qoʻying va hokazo.

Birinchi yordam mashgʻulotlari haqida koʻproq maʼlumot olish uchun siz yashash joyingizdagi poliklinikaga murojaat qilishingiz, internetdagi videoroliklarni koʻrishingiz mumkin.