Bola boʻgʻilib qolmoqda – Geymlix usuli
Geymlix usuli bir yoshdan katta bolalarda qoʻllanadi.
Body
Geymlix usulini bajarish amaliyoti
Ushbu amaliyotni bajarish usullari bolaning holatiga qarab farq qiladi.
- Agar bola tik turgan yoki oʻtirgan boʻlsa, uning orqasiga oʻting va qoʻllaringiz bilan bolaning koʻkrak qafasini qoʻltiq ostidan quchoqlab oling. Qorinning oʻrtasida, kindik ustida, musht qilingan kaftingizni joylashtiring va boshqa qoʻlingiz bilan uni ushlang. Keyin toʻsh suyagining chetini va qovurgʻalarning pastki qirrasini bosmaslikka harakat qilib, ketma-ket 5 marta oʻzingizga qarab yuqoriga bosing. Sizga qulay boʻlgan holatni egallang – siz bolani koʻtarishingiz yoki uning orqasida tiz choʻkib oʻtirishingiz yoki bolani stulga oʻtqizishingiz mumkin.
- Agar bola hushsiz boʻlsa, Geymlix uslubi quyidagicha amalga oshiriladi: bolani chalqanchasiga shunday yotqizish kerakki, boshi tepaga qaragan holda joylashsin. Bolaning oyoqlarini keng oching, bir qoʻl kaftingiz asosini uning qorin boʻshligʻining oʻrtasiga (kindikdan yuqorida, toʻsh suyagining chetidan pastda) qoʻying, ikkinchi qoʻlni birinchi qoʻlning ustiga qoʻying va ketma-ket 5 marta bosing. Agar shundan keyin yot jism koʻrinadigan boʻlsa, uni olib tashlang.
- Bolaning nafas olayotganini tekshiring. Agar nafas olmayotgan boʻlsa va siz yurak-oʻpka reanimatsiyasini oʻtkazish boʻyicha oʻqigan boʻlsangiz, zudlik bilan yurak-oʻpka reanimatsiyasini boshlang va imkon qadar tezroq tez tibbiy yordamni chaqiring (103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling).
- Agar yoningizda yana boshqa inson boʻlsa, uni tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish uchun yuboring, oʻzingiz esa bola nafas olishni boshlaguncha yoki tez yordam kelguncha yurak-oʻpka reanimatsiyasini davom ettiring.
Nima qilmaslik kerak?
Agar yot jism koʻrinmasa, uni olib tashlashga urinmang! Chunki yot jismning traxeyaga yanada chuqurroq kirishi bolaning ahvolini yanada ogʻirlashtiradi.