Bola choʻkayotgan boʻlsa, nima qilish kerak?
Bola choʻkayotganini koʻrsatadigan belgilar mavjud: bolaning boshi orqaga tashlanadi, ogʻzi ochiladi, koʻzlari yumiladi yoki koʻzlarida qoʻrquv, nafasi chuqur, havoni tutib olishga harakat qiladi, qoʻllarini silkitadi va suzishga muvaffaqiyatsiz urinishlar qiladi. Koʻpincha bola hech qanday tovush chiqarmasdan, yordam soʻrash uchun baqira olmasdan choʻkadi.
Body
Agar bola choʻkayotgan boʻlsa, nima qilish kerak?
- Baland ovoz chiqarib yordamga chaqiring!
- Boʻyinning shikastlanishi ehtimolini hisobga olib, bolani suvdan tezroq olib chiqing. Choʻkayotgan odamni qutqarayotganda oʻzingizni xavf ostida qoldirmang.
- Bolaning nafas olayotganini tekshiring. Agar nafas olmayotgan boʻlsa va siz yurak-oʻpka reanimatsiyasini oʻtkazish boʻyicha oʻqigan boʻlsangiz, zudlik bilan yurak-oʻpka reanimatsiyasini boshlang va imkon qadar tezroq tez tibbiy yordamni chaqiring (103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling).
- Agar yoningizda yana boshqa inson boʻlsa, uni tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish uchun yuboring, oʻzingiz esa bola nafas olishni boshlaguncha yoki tez yordam kelguncha yurak-oʻpka reanimatsiyasini davom ettiring.