Bolalarda zaharlanishni qanday aniqlash mumkin?

Zaharlanish belgilari har xil boʻlishi mumkin va baʼzi hollarda zaharli moddalarni yutib yuborgan bolalar birmuncha vaqt davomida hech qanday muammoga duch kelmasliklari mumkin.
Body

Kasallik alomatlari, birinchi navbatda, zaharlanishni keltirib chiqargan moddaning turiga va miqdoriga bogʻliq. Quyida bolalarda uchrashi mumkin boʻlgan zaharlanish belgilari keltirilgan:

  • bolada holsizlik, uyquchanlik paydo boʻladi, u toʻsatdan, aniq sabablarsiz oʻzini yomon his qiladi;
  • anglash jarayonining buzilishi;
  • shaytonlash kuzatilishi mumkin;
  • bosh ogʻrishi;
  • qoʻrquv va gʻayrioddiy xatti-harakatlar;
  • koʻrish oʻtkirligining buzilishi va gallyutsinatsiyalar (mavjud boʻlmagan narsalarni koʻrish);
  • harakatlanishdagi qiyinchiliklar va qoʻpol harakatlar;
  • koʻz qorachigʻining torayishi yoki kengayishi;
  • bolaning tez yoki qiynalib nafas olishi;
  • bola yuragining tez yoki sekin urishi;
  • koʻz, burun yoki ogʻiz shilliq qavatining zararlanishi;
  • terining qizarishi va qichishishi bilan kechuvchi, suyuqlik tutgan mayda pufakchalar koʻrinishidagi toshmalar, shuningdek, ogʻiz va burun atrofidagi kuyishga oʻxshash teridagi oʻzgarishlar;
  • koʻzyoshi yoki soʻlakning koʻp ajralishi;
  • bolaning ogʻzida yomon hid paydo boʻlishi;
  • tomoq, koʻkrak qafasi yoki qorinda qizish hissi va ogʻriq boʻlishi;
  • sariqlik;
  • siyishning koʻpayishi yoki deyarli siymaslik;
  • tana haroratining koʻtarilishi va titroq;
  • qusish/qayt qilish;
  • ich ketishi;
  • qon aralash qusish va/yoki axlatda qon boʻlishi.

Uyda bolalarning zaharlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan baʼzi odatiy boʻlmagan hodisalardan ehtiyot boʻlishingiz kerak: yoqimsiz hidlarning tarqalishi, dori-darmonlar yoki maishiy kimyoviy moddalarning tushunarsiz tarzda yoʻqolishi yoki kamayishi, dori-darmonlar yoki kimyoviy vositalarning toʻkilishi yoki boʻsh idishlarning paydo boʻlishi.