Bolalardagi kuyishlar va ularning oldini olish – maxsus vaziyatlar
Ovqat pishirish paytida maxsus ehtiyot choralari:
Ovqat pishirayotganda, har doim gaz plitasi/oʻchoq yoki duxovka (pishiriq tayyorlovchi moslama) yonida boʻling va pishirilayotgan taomni hech qachon qarovsiz qoldirmang! Kastryulkalar, choynaklar, tova, qahva idishi gaz plitasi ustida turganida, ularning tutqichlarini bolaning qoʻli yetmasligi uchun doimo devor tomonga burib qoʻyish kerak. Yana nima qilish mumkinligi quyida keltirilgan:
- Katta yoshli bolalarning gaz plitasi, mikrotoʻlqinli pech va boshqa isitish moslamalarini ishlatishini kuzatib boring va agar kerak boʻlsa, ulardan foydalanishni cheklang.
- Iloji boʻlsa, ovqatni gaz plitaning orqa yoqish moslamasida pishiring.
- Yosh bolalar va kichkintoylar gaz plitasi/oʻchoq yonida yoki oshxonada boʻlmasliklari lozim!
- Hech qachon bolani va issiq suyuqlik yoki ovqat solingan idishni bir vaqtning oʻzida koʻtarib yurmang!
- Hech qachon bolalar oldida issiq ovqat va suyuqliklarni qarovsiz qoldirmang!
- Bola qoʻli bilan tortib olishi mumkin boʻlgan dasturxonli stolda hech qachon issiq ovqatni qoldirmang!
- Issiqlik manbai ochiq boʻlgan (masalan, yoqilgan dazmol) yoki biror taom pishirilayotgan joyda yosh bolani qarovsiz qoldirmang!
- Katta yoshli bolalarga isitish moslamalarini toʻgʻri ishlatishni oʻrgating va agar kerak boʻlsa, ulardan foydalanishni cheklang.
Choʻmilish paytida maxsus ehtiyot choralari:
- Bolalarni choʻmiltirishdan oldin suvning haroratini tekshiring!
- Suv isitkichdagi haroratning balandligini cheklang – termostatning balandlik darajasini 60 °C qilib qoʻying.
- Agar bolani choʻmiltirsangiz, avval sovuq suvni, keyin issiq suvni yoqing.
- Farzandingizni vanna/togʻoraga qoʻyishdan oldin, suvning haroratini tekshiring va hech qachon uni qarovsiz qoldirmang!
Pirotexnika bolalarga moʻljallanmagan!
Bolalar nazoratsiz bengal chiroqlari bilan oʻynashlariga yoʻl qoʻymang. Shuningdek, bolalar oʻzi mustaqil otashin (petarda) va feyerverklardan foydalanishiga yoʻl qoʻymang!
Farzandingizni quyosh nuridan saqlang!
Farzandingizni ertalab soat 10:00 dan kechki 17:00 gacha quyosh nurlari ostida boʻlishidan saqlang. Bolalar boshini himoya qiluvchi bosh kiyimlardan (panama yoki soyabonli keng qalpoq/shlyapa), ochiq rangli kiyimlardan, shuningdek, ularning terisi uchun moʻljallangan va ishlab chiqaruvchining koʻrsatmalariga muvofiq ishlatilishi kerak boʻlgan quyoshdan yuqori himoya qiluvchi, suv oʻtkazmaydigan kremlardan foydalaning.