Bolalarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik
Jismoniy zoʻravonlikka misollar: urish, tepish, silkitish (asosan chaqaloqlarda), boʻynini qisish, otish, zaharlash, kuydirish – issiq suyuqlikni quyish yoki tana qismlarini issiq suyuqlikka botirish, bolaga issiq bugʻ bilan taʼsir qilish, bolani bogʻlash, qurol bilan hujum qilish, yosh bolani mashinada, uyda yolgʻiz qoldirish va h.k.
Kattalar tomonidan eng koʻp uchraydigan jismoniy zoʻravonlik – “bolani tarbiyalash” intizomiy chorasi sifatida bolani jismoniy jazolash hisoblanadi. Jismoniy jazo bolalar uchun juda xavflidir, bu bolalar oʻlimining muhim sababidir hamda bolalarda zoʻravonlik va boshqa xulq-atvor buzilishlarini ragʻbatlantirish omilidir.
Jismoniy zoʻravonlikka uchragan bolani qanday aniqlash mumkin?
Jismoniy zoʻravonlikda bolalarning tanasiga zarar yetkazish shart emas va jarohatlar har doim ham koʻrinmasligi mumkin. Agar siz bola tanasining turli sohalarida (yuz, son, boldir, bel, qorin, ensa va boshqalar kabi) koʻkarishlarni, kuyishlar, suyaklarning singani, kesilgan joylari, tirnalgan joylari, sochlari yulinganini koʻrsangiz – bu jismoniy zoʻravonlik qilingan bola boʻlishi mumkin. Agar bola kattalar bilan muloqotda juda ehtiyotkor boʻlsa, kattalarga haddan tashqari boʻysunsa, uyatchan, odamovi yoki juda harakatchan boʻlsa, tengdoshlari bilan munosabatlarni oʻrnatishi qiyin boʻlsa, ijtimoiy, aqliy va muloqot koʻnikmalari yaxshi boʻlmasa, muammolarni tajovuzkorlik bilan hal qilishga moyillik koʻrsatsa, hech qanday sababsiz gʻazablansa, bu ham bolaning jismoniy zoʻrlanganidan dalolat beradi.
Agar qiziq boʻlsa, ushbu videoni koʻring:
https://www.youtube.com/watch?v=Nc9SY3Fde_